

Kun.uz muxbirining xabar berishicha, tadbir nafaqat ochilish marosimi, balki tajribali tadbirkor va IT mutaxassislarining qiziqarli motivatsion darslariga ham boy bo‘ldi.
PDP Asademy haqida
PDP Asademy’ga 2017 yilda Odilbek Mirzayev tomonidan asos solingan, IT sohasi va dasturlash tillarini o‘rgatishga ixtisoslashgan ta'lim muassasasi.

«Unicorn» ta'lim granti haqida
«Unicorn» ta'lim granti o‘quvchilarga belgilangan vaqt davomida PDP akademiyasida pul to‘lmasdan o‘qish imkoniyati va 100 foiz ishga joylashish kafolatini beradi. Jumladan, ushbu loyiha doirasida eng yaxshi va eng faol bitiruvchilarni FAANG (Facebook, Apple, Amazon, Netflix, Google) kompaniyalariga ishga joylashtirish rejalashtirilgan.
Loyiha asoschisi Odilbek Mirzayevga ko‘ra, Unicorn aniq fanlarni yaxshi o‘zlashtirgan va IT sohasiga qiziqqanlar uchun investitsiya kiritadi.
«Yurtimizda bilimli va kelajakda kuchli dasturchi bo‘lish salohiyatiga ega yoshlar juda ko‘p. Ammo ularning hammasida ham bunga yetarli moddiy imkoniyat bo‘lmasligi mumkin. Biz loyihamizni ayni shunday iqtidorli yoshlar uchun yo‘lga qo‘ydik.
Men Unicorn bitiruvchilarini yaqin yillarda AQSh va Yevropaning ilg‘or IT-kompaniyalarida, shuningdek, mahalliy startaplarda ko‘raman.
Biz bu bosqichgacha o‘quvchilarimizni nafaqat o‘qitamiz, balki 100 foiz ishga ham joylashtiramiz. Shundan keyingina kiritgan investitsiyamizni qaytarib olamiz. Ya'ni bu ham ijtimoiy, ham moddiy loyiha.
Shuningdek, Unicorn loyihasining 5 foizi to‘la grantga asoslanadi. Bunda 5 foiz o‘quvchilarimiz to‘la grant oladi va kelgusida ularda hech qanday to‘lov majburiyati bo‘lmaydi», – deydi u.
Tadbirda ta'kidlanishicha,













