“Xalqimiz sodda, şifokor davlat tomonidan ajratilgan önta doridan uçtasini bersa ham rozi bölib ketaveradi. Endi yangiça tartib joriy qilamiz – pulni şifoxonaga emas, bemorga beramiz.
Kasal böldimi, hisobiga pul tuşiriladi, istagan dorisini olsin, istagan joyida operatsiya qildirsin. Baribir şu pul davlatdan ajratilyapti-ku. Tibbiyotda korrupsiya urçib ketgan, buni men aytmasam, kim aytadi?!” – dedi prezidentlikka nomzod.
Şuningdek, Şavkat Mirziyoyev öz ma'ruzasida Farğonada vodiyda yagona Bolalar kardioxirurgiya markazi taşkil etilib, tuğma yurak nuqsoni bor, yuqori texnologik operatsiyaga muhtoj bolalarni zamonaviy endovaskulyar yöl bilan xirurgik davolaş yölga qöyilişini, bu borada barça davolaş amaliyotlari budjet hisobidan amalga oşirilişini ma'lum qilgan.













