Merkel davri poyoniga yetmoqda. U tarixda qanday iz qoldiradi?
|03:31 / 29.09.202127 87810 min
Ba'zi siyosatçilar tört muddat davomida hokimiyatda bölgaç ham öz ixtiyori bilan ketişi mumkin.
Germaniyada parlament saylovlari bölib ötdi, uning yakunlariga köra Angela Merkel kansler lavozimini tark etadi. U yengilmas holatda ketmoqda: u hukumat rahbarligida böliş borasida öz ustozi Helmut Kolning rekordini takrorlab (16 yil), öz ixtiyori bilan ketişga qaror qilgan. Jahon siyosatidagi eng katta ta'sirli siyosatçi ayol bölgan frau yana bir neça oy mobaynida kanslerligiça qoladi, çunki yangi hukmron koalitsiyani şakllantiriş böyiça muzokaralar çözilişi tayin. Lekin baribir Merkel erasi poyoniga qarab bormoqda. «Meduza» uning faoliyatidagi asosiy bosqiçlarni ifodalovçi suratlarni jamladi.
Bernd Gurlt / DPA / AFP / Scanpix / LETA
Angela Kasner (turmuşga çiqqaç Merkel familiyasini olgan) Himmelpfort qişloğidagi lagerda ovqat tayyorlamoqda. U 1973 yil iyulida Leypsig universitetini fizika yönalişida tamomlaganida döstlari bilan şu yerga kelgandi. Merkel mamlakat ğarbidagi Hamburgda tuğilgan bölsa-da, Şarqiy Germaniyada ösgan.
Martin Gerten / DPA / AFP / Scanpix / LETA
Merkel siyosiy faoliyatini GDRning sönggi yillarida boşlagan, u «Demokratik yorib kiriş» harakati safiga kirgan. Germaniya birlaşganidan köp vaqt ötmay Merkel Ayollar va yoşlar masalalari böyiça federal vazir etib tayinlangan. U şu tariqa Şarqiy Germaniyaning umumgerman isteblişmentidagi ilk vakilasiga aylanadi. Merkel 1991 yil 18 yanvarda bundestagda qasamyod qiladi, bu vaqtda parlament majlisi hali Ğarbiy Germaniya poytaxti bölgan Bonnda ötkazilardi.
Thomas Imo / photothek.net / imago / Scanpix / LETA
Merkelning siyosiy karerasi tezlik bilan ösa boşlaydi: 1991 yil dekabrida u Xristian-demokratlar ittifoqida kansler Gelmut Kolning örinbosariga aylanadi. Uni kinoyasiz — «Kolning qizaloği» deb ataşgan.
Roberto Pfeil / AP / Scanpix / LETA
Mehnatkaş Merkel köp ötmay tillarga tuşadi. 1992 yil 3 fevralida u oyoğini sindirib olganiga uç hafta ötmagan bölsa-da, Xristian-demokratik ittifoq prezidiumida iştirok etiş uçun keladi.
Mavzuga oid
Michael Ebner / ullstein bild
Ayollar va yoşlar masalalari vazirligi katta muassasa emasdi, 1994 yilda Merkel nisbatan kattaroq vazirlik rahbari etib tayinlanadi — Atrof-muhit muhofazasi vazirligiga. Yangi yil arafasida vazirlik uning iştirokida reklama roligi tayyorlaydi: u sovğalarni öraşda işlatiladigan qoğozni ikkinçi marta qöllaş uçun qanday tayyorlaş mumkinligini körsatib beradi - bu orqali odamlar daraxt yoğoçini tejaş va örmonlarni kesilişdan asraşga çaqirilgandi.
Bonn-Sequenz / ullstein bild / Getty Images
1996 yil fevralida Merkel Çernobil AES hududiga taşrif buyuradi. Stansiyadagi avariya oqibatlari nemis jamoatçiligida katta taassurot uyğotadi, buning ortidan «Yaşillar» harakati maşhurlaşadi va atom energiyasidan voz keçiş böyiça jiddiy muhokamalar boşlanadi. Merkel kansler bölganida Fukusimadagi avariyadan keyin bu jarayonni (atom energiyasidan butunlay voz keçiş) işga tuşiradi.
Chaperon / ullstein bild / Getty Images
1998 yildagi saylovlarda xristian-demokratlar mağlubiyatga uçragaç, Merkel nemis hukumatini tark etadi, ammo bundestag deputati bölib qoladi va Xristian-demokratlar ittifoqida boş kotibga aylanadi (mohiyatan, partiya işi boşqaruvçisi). Bu fotoga u 2000 yil martida Boltiq dengizi sohilida tuşgan.
Bernd Weissbrod / EPA / Scanpix / LETA
Xristian-demokratlar ittifoqining tölaqonli yetakçisiga aylangan Angela Merkel 2005 yil 18 sentyabrida ötkazilgan saylovda ovoz bermoqda. Bu saylovdagi ğalaba orqali u mamlakat boşqaruviga keladi va keyingi 16 yil mobaynida kansler bölib qoladi.
Jens Buettner / EPA / Scanpix / LETA
GFRdagi ilk ayol kansler Angela Merkel portreti Berlindagi KanzlerEck («Kansler burçagi») mehmonxonasida avvalgi hukumat rahbarlari portretlari qatoriga ilinmoqda. 2005 yil 23 noyabr.
Dmitriy Astaxov / TASS
Angela Merkel, Vladimir Putin va labrador Konni «Boçarov Ruçey» qarorgohida, 2007 yil 21 yanvar. Köpçilikka ma'lumki, kansler itlarni yoqtirmagan. Ikki yetakçi örtasidagi şaxsiy munosabatlar heç qaçon iliqlaşmagan: Qrim Rossiyaga qöşib olingaç, Amerika matbuotida yozilişiça, Merkel Obama bilan telefon muloqoti çoğida Rossiya prezidenti «reallik bilan aloqani yöqotib qöygani» haqida gapirgan.
Sean Gallup / Getty Images
Merkel siyosatining asosiy yönalişlaridan biri - xavfli va qayta tiklanmaydigan energiya manbalaridan bosqiçma-bosqiç voz keçişga qaratilgan energetik buriliş (Energiewende) edi. 2010 yil 18 avgustida u Krempin şahridagi şamol elektrostansiyasiga taşrif buyuradi. «Yaşil energetika»ga katta investitsiyalar yönaltirilgan bölsa-da, Germaniya hukumati öz oldiga qöygan barça maqsadlarga ham erişa olmadi. Atom energetikasi va kömir qazib olişni töxtatişdan körilgan yöqotişlarni qoplaş uçun Merkel hukumati «Şimoliy oqim — 2» gaz quvurini quriş işlari oxiriga yetkazilişiga rozilik bildiradi.
Bir neça yil içida Merkel Germaniya siyosatidagi eng maftunkor siyosatçiga aylanadi. Uning öz farzandlari yöq, ammo nemis tabloidlari uni tez-tez «onaxon» (Mutti) deb ataydi. Bu fotosuratda u Germaniya şimolidagi özini saylagan Marlou okrugida tötiquşlarni oziqlantirmoqda. 2012 yil 17 aprel.
U şu yil sentyabrda ham Marlouga borib, sevimli tötiquşlari bilan suratga tuşdi.
Pete Souza / White House / Reuters / Scanpix / LETA
Çapdan öngga: Buyuk Britaniya boş vaziri Devid Kemeron, AQŞ prezidenti Barak Obama, Angela Merkel va Yevropa komissiyasi raisi Xose Manuel Barroso «Çelsi» — «Bavariya» örtasida 2012 yil 19 mayida ötkazilgan YeÇL finalini tomoşa qilmoqda, öşanda inglizlar penaltilar seriyasida ğolib bölişgandi.
Michael Kappeler / AP / Scanpix / LETA
Angela Merkel va Barak Obama bir-birini yaxşi tuşungan siyosatçilar edi. 2015 yil iyunida ular Bavariya Alplari mezbonligidagi «Katta yettilik» sammitida şunday uçraşuv ötkazişgan.
Tobias Schwarz / AFP / Scanpix / LETA
Angela Merkel uçun jiddiy sinovlardan biri 2015 yilgi migratsiya inqirozi bölgandi. 25 avgust kuni Merkel hukumati Germaniyada boşpana oliş huquqi yengillaştirilgani haqida e'lon qiladi, keyingi kuni uning özi mamlakat şarqidagi Haydenau lageriga taşrif buyuradi. Keyingi oylar davomida mamlakatga Yaqin Şarqdan bir neça million qoçqin kirib keladi. Merkelning bu boradagi siyosatini önglar ham, söllar ham tanqid qilişgan, bu munozaralar fonida öng populistlar «Germaniya uçun alternativa» partiyasiga asos solişgan.
Fabian Bimmer / Reuters / Scanpix / LETA
Angela Merkel Kil şahridagi harbiy-dengiz bazasiga taşrif çoğida. 2016 yil 19 yanvar
Volker Hartmann / Getty Images
Angela Merkel Astronavtlarni tayyorlaş böyiça Yevropa markaziga taşrif vaqtida maxsus közoynakda . Kyoln, 2016 yil 18 may.
Jesco Denzel / Bundesregierung / Reuters / Scanpix / LETA
Barak Obama bilan yaxşi til topişgan bölsa, Merkel uçun Donald Tramp bilan munosabatlar eng murakkabi bölgandi. AQŞ prezidenti uni bir tomondan Rossiyaga sanksiyalar qöllab, ikkinçi tomondan «Şimoliy oqim — 2» qurilişi davom ettirilişiga rozi bölgani va şu bilan birga NATOni moliyalaştiriş böyiça majburiyatlarini bajarmagani uçun tanqid qilgan. 2018 yil Kvebekdagi «Katta yettilik» sammiti arafasida Tramp bir neça şov-şuvli bayonotlar bergan, jumladan Qrimni Rossiya hududi deb atagan, uçraşuvni qöşma bayonotni imzolamasdan tark etgandi.
Xander Heinl / photothek.net / imago / Scanpix / LETA
Qöllarni bu taxlit qovuştiriş — «Merkel jyesti» nomini olgan.
Odd Andersen / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ilk xorijiy taşrifini 2019 yil 18 iyunida Berlinga amalga oşirgandi. Zelenskiyning asosiy maqsadi Germaniyani «Şimoliy oqim — 2» qurilişi davom ettirilişiga qarşi çiqişga köndiriş edi, bu gaz quvuri tufayli Ukraina Rossiya gazi tranziti uçun oladigan daromadidan quruq qolardi, ammo u öşanda ham, undan keyin ham bunga erişa olmadi. Sönggi yillarda kanslerlik lavozimida Merkel Ukraina şarqidagi mojaroni hal qilişda ham u qadar faol bölmadi, 2015 yilda aynan uning diplomatik sa'y-harakatlari evaziga Minsk kelişuvi imzolangandi, şundan keyin mintaqada faol harbiy harakatlar töxtatilgandi.
imago images / Bildgehege / Scanpix / LETA
Pandemiya Merkel uçun bir vaqtning özida ham siyosiy triumf, ham juda oğir sinov böldi. Dastlabki oylarda nemislar hukumat tomonidan iqtisodiyotga yordam bergan holda joriy etilgan qat'iy çeklovlarni qöllab-quvvatlaşdi va hatto bu davrda köplab siyosatçilar Merkel iste'foga çiqiş haqidagi qaroridan qaytib, yana beş yil davomida kansler bölib qolişi kerakligini aytişdi. Ammo vaksinatsiya kampaniyasi boşlanib, çeklovlar bosqiçma-bosqiç bekor qilingaç, tanqidlar köpaydi. Merkel öşandan buyon har qanday yopiq bino hududida yuqoridagi suratdagi kabi niqob taqqan holda köriniş beradi, surat bundestagning 2021 yil 13 yanvarida ötkazilgan yiğilişida olingan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi