Sudyalar oliy kengaşi matbuot kotibi Tursunali Akbarov ikki voqea tafsilotlarini Kun.uz'ga ma'lum qildi.

Birinçi holat

U.A. 2020 yil 6 noyabr kuni fuqarolik işlari böyiça Andijon tumanlararo sudiga kelib, sudya Ğ.Obidinovning iş yurituvidagi aliment masalasida kiritilgan da'vo arizasi yuzasidan öz xizmat burçini bajarayotgan vaqtda uning şa'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlab haqorat qiladi.

Xususan, 2020 yil 3 avgust kuni Andijon tumanlararo sudiga da'vogar F.I.ning javobgar S.T.ga nisbatan bir nafar farzandiga otalikni belgilaş va aliment undiriş haqidagi da'vo arizasi kelib tuşadi. Iş yuzasidan ötkazilgan sud majlisida taraflar DNK ekspertizasi ötkazişni söraydi. Ekspertiza tayinlaş jarayonida javobgar S.T.ning onasi U.A. sudga kelib sudya Ğ.Obidinovni kurakda turmas sözlar bilan haqorat qiladi. Buning oqibatida U.A.ga nisbatan jinoyat işi qözğatiladi.

Jinoyat işi jinoyat işlari böyiça Andijon şahar sudida körib çiqilib, yakunda sudning 2021 yil 7 yanvardagi hukmi bilan U.A. JKning 140-moddasi 3-qismi “a” bandi (jabrlanuvçini öz xizmat yoki fuqarolik burçini bajarişi munosabati bilan boğliq holda haqorat qiliş)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan BHMning 6 baravari miqdorida (1 mln 338 ming söm) jarima jazosi tayinlanadi.

Ikkinçi holat

Fuqarolik işida taraflardan biri bölgan F.X. 2021 yil 19 aprel kuni fuqarolik işlari böyiça Andijon tumanlararo sudi sud majlisi zalida iş böyiça qabul qilingan hal qiluv qarori sudya Ğ.Obidinov tomonidan öqib eşittirilgandan söng norozi bölib, xizmat burçini bajarayotgan sudyaning şa'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlab, uni haqorat qiladi.

Uşbu holat böyiça ham jinoyat işi qözğatilib, iş sudda körib çiqiladi. JIB Andijon şahar sudining 2021 yil 14 iyuldagi hukmi bilan F.X. 140-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga nisbatan sutkaning soat 21:00 dan 6:00 ga qadar bölgan vaqtda yaşaş joyidan çiqişni çeklaşdan iborat 1 yil muddatga ozodlikni çeklaş jazosi tayinlanadi.

Şuningdek, sudlanuvçiga

– mahkumni nazorat qiluvçi organning roziligisiz yaşaş joyini özgartirmaslik;

– spirtli va giyohvand moddalari iste'mol qilmaslikdan iborat qöşimça taqiqlar belgilanadi.