AQŞ Afğonistondagi ehtimoliy tahdidlarga qarşi turiş uçun rossiyaliklarning Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalaniş imkoniyatlarini rasmiy Moskva bilan muhokama etmoqda. Bu haqda Wall Street Journal naşri xabar berdi.

Naşr ma'lumotiga köra, AQŞ harbiylarining Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalaniş imkoniyatlari AQŞ ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Mark Milli hamda uning hamkasbi - Rossiya Qurolli kuçlari boş ştabi boşliği Valeriy Gerasimov örtasida Finlyandiyada ötgan yuzma-yuz uçraşuvda muhokama qilingan.
Amerika naşri xabarida Gerasimov hamkasbiga heç qanday va'da bermagani qayd etilgan. Ta'kidlanişiça, bu mavzu Jo Bayden ma'muriyati Afğonistondan qöşinlarni tezlik bilan olib ketganidan söng, bu mamlakatda yuzaga kelişi mumkin bölgan terrorçilik tahdidlarni kuzatiş va ularga javob qaytariş uçun yangi imkoniyatlarni qidirayotgani tufayli örtaga çiqqan.
«AQŞ va Rossiya terrorizm xavfidan xavotirda bölsa-da, Rossiya bilan terrorizmga qarşi kuraşiş ğoyasi, ayniqsa, siyosiy jihatdan, qiyinçiliklarga töla», deyiladi naşrda.
Rossiyaning «Kommersant'» gazetasi xabar berişiça, Rossiya va AQŞ prezidentlarining iyun oyidagi sammiti çoğida Vladimir Putin Jo Baydenga Afğoniston borasidagi harakatlarni muvofiqlaştirişni taklif etgan. Xususan, u göyoki amerikaliklarga Tojikiston va Qirğizistondagi rus harbiy bazalaridan foydalaniş taklifini bildirgan.
Putin va Bayden muzokaralar çoğida Afğoniston masalasini muhokama qilgani haqidagi ma'lumotni sammit yakunida Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham tasdiqlagandi, lekin u uçraşuvda harbiy bazalar mavzusi tilgan olingan-olinmagani haqidagi savolga aniqlik kiritmagandi.
Endi, WSJ materiali e'lon qilinganidan söng, Dmitriy Peskov aytmoqdaki, «bu muzokaralar [Putin va Baydenning] böyiça aytiş mumkin bölgan barça gap aytib bölingan». «Interfaks» agentligining prezidentlarning yoki boş ştablar boşliqlari muzokaralarida harbiy bazalar masalasi muhokama qilingan-qilinmagani töğrisidagi töğridan töğri savoliga u javob bermadi.
«Assoşieyted Press» agentligi ikki generalning 22 sentabr kungi uçraşuvi töğrisidagi xabarida Mark Millining sözlarini keltirgan - amerikalik harbiy uçraşuv «samarali» keçgani haqida aytgan: «Bu samarali uçraşuv böldi. Buyuk davlatlarning harbiy rahbarlari muloqot qilganda, dunyo xavfsizroq joyga aylanadi».














