Iyun oyida respublikaning deyarli barça hududlarida avtomobil bozori faollaşdi. Faqat Jizzax viloyatida savdolar 2,2 foizga kamaygan. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CeRR) tahlilida keltirilgan. 

1-rasm

Eng yuqori oylik ösiş Surxondaryo (33,7 foiz) va Xorazm (32,6 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Şuningdek, Sirdaryo (29 foiz), Samarqand (28,3 foiz), Qaşqadaryo (26,2 foiz) hamda Andijon (26 foiz) viloyatlarida ham sezilarli ösiş kuzatildi. 

Toşkent şahrida esa bir oy içida 17,9 mingta avtomobil oldi-sotdi qilinib, savdolar hajmi 9 foizga oşgan. 

Bozorning asosiy qismi - ikkilamçi segment 

Iyun oyida yengil avtomobillar savdosi 61,4 mingtani taşkil etib, may oyiga nisbatan 14 foizga köpaydi. 

Şundan 37 mingdan ortiği foydalanilgan avtomobillar hissasiga töğri keldi. Bu umumiy yengil avtomobil bozori savdolarining qariyb 61 foizini taşkil etdi. Ikkilamçi bozordagi ösiş sur’ati 16 foiz bölib, yangi avtomobillar bozoridagi 11 foizlik ösişdan yuqori böldi. 

2-rasm

Yangi yengil avtomobillar segmentida iyun oyida 24 mingta avtomobil sotildi. Ösişning asosiy qismi mahalliy işlab çiqarilgan avtomobillar hisobiga ta’minlandi. Ularning savdosi 12 foizga oşib, 18,8 mingtaga yetdi. 

Xorijda işlab çiqarilgan yangi avtomobillar savdosi esa qariyb 7 foizga ösib, 5,1 mingtani taşkil etdi. 

Birinçi yarim yillik yakunlariga köra, yangi yengil avtomobillar savdosi 157 mingtaga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 3,5 foizga oşgan. 

Şu bilan birga, foydalanilgan yengil avtomobillar bozori yarim yillik kesimida sustroq natija körsatdi. Yanvar–iyun oylarida bu segmentda qariyb 240 mingta avtomobil sotilgan bölib, bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 18 foizga kam. 

Elektromobillar bozori eng tez ösayotgan segment böldi 

Iyun oyida elektromobillar bozorida eng yuqori ösiş qayd etildi. Birlamçi va ikkilamçi bozorlarda jami 8,4 mingta elektromobil sotilib, may oyiga nisbatan savdolar 63,5 foizga oşdi.