Toşkent şahrida Yöl harakatini taşkil etiş markazi ma’lum qilişiça, Sergeli avtomobil bozori poytaxtdagi eng yirik transport oqimini şakllantiruvçi hududlardan biri hisoblanadi. Bozor 5 400 ta avtomobil siğimiga ega bölib, har kuni uning Yangi Sergeli köçasiga tutaş kiriş-çiqiş nuqtalaridan 1 500 dan ortiq transport vositasi foydalanadi.
Yillar davomida aynan şu holat Yangi Sergeli köçasida transport yuklamasining oşişi va tirbandliklarning yuzaga kelişiga sabab bölib kelgan.
Yangi loyiha doirasida taşkil etilayotgan lokal yöl bozor bilan boğliq transport oqimini asosiy harakat qatnovidan ajratiş imkonini beradi. Endi haydovçilar bozorga kiriş va çiqişda umumiy transport oqimiga xalal bermasdan harakatlanişi mumkin böladi.
Şuningdek, loyiha doirasida piyodalar va velosipedçilar uçun alohida infratuzilma yaratilmoqda. Bozor hududidagi avtoturargohlarni tartibga soliş maqsadida esa 2 mingdan ortiq avtomobil joyi uçun yöl çiziqlari çizilgan.
Mutaxassislar fikriça, mazkur yeçim Yangi Sergeli köçasidagi tirbandliklarni kamaytiriş, harakat xavfsizligini oşiriş va jamoat transporti harakati samaradorligini yaxşilaşga xizmat qiladi.











