Kun.uz prezidentlikka nomzod siyosatçilar bilan saylovçilarni qiziqtirgan qator masalalar böyiça intervyular uyuştirmoqda. Turkum doirasida navbatdagi mehmonimiz – Özbekiston Ekologik partiyasidan prezidentlikka nomzod Narzullo Oblomurodov böldi.
— Özbekistonda prezidentlikka 5 nomzod bor va ular orasida eng sirli, notaniş nomzod sizsiz. Bu sirlilik bilan saylovda qandaydir katta natijaga erişa olaman deb öylaysizmi?
— Töğri aytdingiz, men siyosat olamida hali yangi insonman. Ekologik partiya taşkil topganiga ham tarixan olganda köp vaqt bölmadi – 2,5 yil. Öylaşimça, bu yilgi saylovlar bizga kamçiliklarimizni töğrilaş, partiya dasturi va nomzodini xalqqa tanitiş imkoniyatini beradi.
— Şavkat Mirziyoyevning bu saylovda amaldagi prezident sifatida imkoniyatlari katta. U şunga qaramay saylovoldi tarğibot, taşviqot tadbirlari doirasida saylovçilar bilan har kuni uçraşyapti. Lekin sizda bu kabi faollikni sezmayapmiz. Ğolib böliş istagingiz bölsa, Mirziyoyevdan ikki barobar faol bölişingiz kerak emasmidi?

— Saylov yangi partiya uçun katta sinov. Hozir biz omma bilan işlaş işlarini kuçaytirişga harakat boşlaganmiz. Bizning saylovçilar bilan uçraşuvlarimiz ertaga boşlanadi (tahr. – suhbat 24 sentabr kuni yozib olingan) va kun sayin oşib boradi. Öylaşimça, jamoatçilik ham bu boradagi özgarişlarni yaqin kunlarda sezadi.
— Mutaxassisligingizga qarasak siz iqtisodçisiz. Avval Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida bakalavr va keyinçalik Angliyada Birmingem universiteti magistraturasida tahsil olgansiz. Biz uçun qiziq, nega iqtisodçi insonni Ekologik partiya yetakçiligiga tanlaşdi?
— Bilasizmi, hayot doim yangi imkoniyatlar beradi. Uluğ ustozlar aytgan gap ham bor: Hayot bermasa ta'lim, unga örgatolmas heç bir muallim. Men boşqa iqtisodçi bölsam ham, ekologik sohaga yaqin yönalişlarda işlaganman. Öylaşimça, meni partiyaga kelişim nafaqat men uçun, balki partiya uçun ham yangi imkoniyatlar eşigini oçib beryapti. Men va jamoam şuningdek, jarayon davomida ham köp narsa örganyapmiz.
Biz «yaşil iqtisodiyot» haqida gapiryapmiz. Ya'ni ekologiyani iqtisodiyotsiz, iqtisodni esa ekologiyasiz tasavvur qilib bölmaydi. Ekologik sohada yangi taşabbuslar uçun ham albatta mablağ kerak.














