Yöl tor bölişi kerakmi yoki keng?

Istanbul şahriga kirib kelganimizda, faqat metrobus va tramvay qatnaydigan, alohida yölak taşkil qilingani, undan ortgan tor yölda esa avtomobillar harakatlanayotganiga guvoh böldik. Köpçilik kabi men ham katta şaharlarda avtomobil yöllari kengaytirilsa, tirbandlikning oldi olinadi, deb öylardim.

Yirik megapolis – Istanbulda esa vaziyat boşqaça. Yöllar Özbekistondagi yöllar bilan taqqoslaganda ança tor, qatorlar soni kam. Şu yerda savol tuğiladi: şaharsozlik talabiga köra yöllar keng bölişi kerakmi yoki aksinça?

Yölsoz mutaxassis Şuhrat Mirxöjayev bu haqda batafsil ma'lumot berdi: «Har qanday yöl kengligi yölning harakat jadalligiga boğliq. Uniyam çegarasi bor. Şahar yöllarini keskin kengaytiriş, albatta, harakat xavfsizligini oşirmaydi, aksinça yomonlaşişiga olib kelişi mumkin. Nima uçun? Masalan, piyodaning yöldan ötiş tezligi va davomiyligi köproq böladi. Keng yölni kesib ötiş tor yölga nisbatan piyodadan köproq vaqt talab qiladi. Oqibatda svetoforning qizil çiroği uzoqroq yonib, yölda tirbandlik kelib çiqadi. Şu sabab şaharlarda yölni keskin kengaytiriş transport vositalari harakatiga doim ham ijobiy ta'sir körsatmaydi.

Özbekistonda yöl tasmalari kengligi kamida 3,5 metr deb belgilangan. Lekin zamonaviy me'yorlarga asosan, yöl tasmalari kengligini 3 metr qiliş böyiça tajribalar ötkazyapmiz. Masalan, Toşkent şahridagi Farğona yölida şu tajriba qöllangan. Nima uçun yöl tasmalari kengligi qisqartirildi? Sababi, eng katta transport vositasining kengligi 2.25 metrga töğri keladi. Demak, 3 metr tasma içida harakatlaniş ularga muammo tuğdirmaydi.

Agar yöl tasmasi torroq bölsa, transport vositasi haydovçisi asosiy e'tiborini yölga qaratadi va özining çegarasida harakatlanadi. Bundan taşqari, 3 ta tasmaning har biri 3.5 metrdan 3 metrga qisqartirilsa, 1.5 metr yölni tejab qolgan bölamiz. Eng muhimi, bu orqali harakat iştirokçilari erkin harakatlanişi va ularning xavfsizligini ta'minlagan bölamiz. Aslida, yölni kengaytiriş bilan tirbandlikning oldini olib bölmaydi. Yöllardagi harakatni tartibga soliş orqaligina tirbandliklarga barham beriş mumkin.

Me'yoriy hujjatlarga asosan, Özbekiston şaharlarida bir tomonlama avtomobil yöli maksimum 6 qatorli qilib qurilişiga ruxsat berilgan. Uşbu me'yorlar sobiq ittifoq me'yorlari asosida işlab çiqilgan. Toşkent şahrida bir tomonlama 6 qatorli yöl yöq. Toşkent şahrida bir tomonlama yöl eng köpi bilan 4 qatorli qilib qurilgan. Qöşimça qatorlari bilan 5 qatorli bölişi ham mumkin.