Muvaffaqiyatli bölaman desangiz universitet va bölajak kasbni tanlaşda, könglingizga yaqin va siz uçun qiziqarli bölgan sohalarni tanlaşingiz lozim. Hozirgi tez özgaruvçan dunyoda mutaxassis sifatida sizga talab katta bölişi uçun zamon bilan hamnafas yurişingiz kerak. Bu borada bugungi kunda qadr-qimmati eng katta kasblardan biri – axborot bilan işlaydigan IT mutaxassisliklaridir.

International Digital University'da siz nafaqat zamonaviy kasblarni egallaşingiz, balki yangi mahorat qirralaringizni oçişingiz, qiyinçiliklardan qörqmaslik va maqsadlarga albatta erişişni örganişingiz mumkin. Universitet öz talabalariga 600.000 AQŞ dollar miqdoridagi fonddan, öqiş uçun grant yutib oliş va 1.000.000 AQŞ dollarilik jamğarma mablağlari hisobidan öz startaplarini moliyalaştiriş imkoniyatini taqdim etadi. Bu yoşlarga qudratli biznesni yölga qöyiş, ijodiy fikrlaş va öziga bölgan işonçni oşiriş imkonini beradi.

IDU qanday yönalişlarni taklif qiladi:

1) Sun’iy intellekt va robototexnika;

2) Data Science;

3) Öyinlarni işlab çiqiş;

4) Kiberxavfsizlik.

Birinçi kursdan söng, IDU'ning eng yaxşi talabalari öqiş va işni birga olib borişlari mumkin, universitetdagi öqişni tamomlagandan söng esa Yevropa, Amerika va Yaponiyada işlaş takliflariga ega bölişlari mumkin. Özbekistonda birinçi marta universitetda öqiş narxi öqişning birinçi yilidanoq töliq qoplaniş imkoniyati mavjud.

Muhim tomoni şundaki, öqiş narxi – kiriş imtihonlari natijalariga boğliq. Qabul qiliniş uçun matematika va ingliz tili (IELTS) testidan ötişingiz kerak. Umumiy 500 nafar talaba öqişga qabul qilinib, ulardan 100 nafarigaça grant asosida öqiş va 200 nafarigaça foizsiz kredit oliş imkoniyatiga ega böladi. Şuningdek, IDU, kiriş imtihonlarida yetarli ball töplay olmagan talabalar uçun maxsus Intensive qöşimça öqitiş tizimini joriy etmoqda.

IDU öqituvçilari zerikarli ma’ruzalar ötiş örniga tajriba darslari orqali talabalarda amaliy könikmalarni orttirişga intiladi. Şunday qilib, talabalarni qiziqarli va ma’lumotlarga boy darslar, yetakçi IT-mutaxassislarining mahorat saboqlari, şuningdek, çet ellik öqituvçilarning masofaviy öqitiş formatidagi maşğulotlari kutib qoladi.