Ukraina hukumati Rossiya va Belarus çegaralari böylab devor qurişga va'da berdi. Bu haqda mamlakat IIV saytida ma'lum qilindi.
Xabar berilişiça, 1 oktyabr kuni içki işlar vaziri Denis Monastirskiy Rossiya bilan çegaradagi Lugansk oblastidagi yaqinda qayta jihozlangan çegara uçastkasini közdan keçirdi.
Monastirskiyning sözlariga köra, bu tizim mamlakatni harbiy tajovuz, diversiya, noqonuniy migratsiya va kontrabandadan muhofaza qiladi. Davlat Rossiya va Belarus bilan çegarani mustahkamlaş uçun barça sa'y-harakatlarni amalga oşiradi, dedi u.
Uning qayd etişiça, çegaralarni töliq mustahkamlaş uçun 17 milliard griven (637 million dollar) talab qilinadi.
«Devor» loyihasini amalga oşiriş taşabbusi 2014 yilda Ukrainaning öşa vaqtdagi boş vaziri Arseniy Yatsenyuk tomonidan ilgari surilgandi.












