Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 2022 yilgi saylovlarda vitse-prezidentlikka nomzodini qöymaslikka qaror qilganidan söng siyosatdan ketişini e'lon qildi. 

«Aksariyat filippinliklar meni nomunosib nomzod va konstitutsiya buzilişi mumkin deb hisoblamoqda. Bir neça yil avval meni prezident etib saylagan odamlar xohişiga böysungan holda siyosatdan ketişimni e'lon qilaman», — dedi Duterte.

Duterte avgust oxirlarida vitse-prezidentlikka nomzodini körsatişini e'lon qilganidan söng tanqidga uçragandi.

Şanba kuni u saylovda iştirok etmaslikka qaror qilganini bildirdi.

Endi uning örniga senator Kristofer Lourens Go saylovda öz nomzodi bilan iştirok etadi.

Filippin konstitutsiyasiga köra, Duterte prezidentlikka qayta saylana olmaydi.

Filippinda prezident va vitse-prezident hamda mahalliy boşqaruv organlariga saylovlar 2022 yil 9 may kuni bölib ötadi.