“Men Gruziyaning uçinçi prezidenti, qidiruvda bölgan Mixail Saakaşvili qölga olingani va axloq tuzatiş muassasasiga olib ketilganini ma'lum qilmoqçiman”, deb aytgan Garibaşvili brifingda.

Boş vazir sobiq prezidentning qölga olinişi tafsilotlarini ma'lum qilmagan, faqat respublika huquq-tartibot idoralari Saakaşvilini uşlaş böyiça amaliyotni “oliy darajada” ötkazişganini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, kuç tuzilmalari Saakaşvilining Ukrainadan Gruziyagaça harakatlanişi haqida ma'lumotga ega bölgan.

“Qölga olişga tösqinlik qilişi mumkin bölgan omillarni minimallaştiriş uçun qulay vaqt va joy tanlandi”, deb qöşimça qilgan Garibaşvili va kuç tuzilmalariga ötkazilgan amaliyot uçun minnatdorlik bildirgan.

Ta'kidlanişiça, Saakaşvili hozirda Tbilisidagi turmada uşlab turilibdi. U bir qator jinoyatlar böyiça 9 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. U ikkita jinoiy iş böyiça sirtdan jazolangan, biroq boşqa işlar böyiça hali hukm çiqarilmagan.

1 oktabr ertalab Saakaşvili ijtimoiy tarmoqlarda Gruziyaga kelganini va Batumida ekanini ma'lum qilgan. Öz navbatida Gruziya içki işlar vazirligi va OAV siyosatçi Ukraina hududini tark etmaganini ta'kidlagan.

Ukrainada Saakaşvili taşabbusi bilan taşkil etilgan oddiy yeçimlar va natijalar ofisi rahbari Mariya Barabaş Gruziyaning muxolif telekanali “Mtavari arxi”ga Gruziyaning sobiq prezidenti vatanida ekanini tasdiqlagan.

Gruziyaning hukmron “Gruziya orzusi” partiyasida Saakaşvili aslida Ukrainaning Truskavets şahrida ekani, ijtimoiy tarmoqlardagi postida esa montaj qöllangani ma'lum qilingan. 

Avvalroq Saakaşvili Gruziyaga Kiyev – Tbilisi aviareysi bilan mamlakatda 2 oktyabrda ötadigan saylovlardan keyin kelişini ma'lum qilgan. 

Mixail Saakaşvili 2004–2013 yillar davomida Gruziya prezidenti lavozimini egallagan. 2013 yillarda ötgan navbatdagi saylovlarda mağlubiyatga uçragaç, mamlakatni tark etgan. Söngra u Ukrainada siyosat bilan şuğullana boşlagan. 2015 yilda Odessa oblasti gubernatori etib tayinlangan, prezident Pyotr Poroşenkoning maslahatçisi bölgan. Biroq 2016 yilda siyosatçi Poroşenko bilan ziddiyatga borib, muxolifatga ötgan, Ukraina fuqaroligidan mahrum etilgan va 2018 yilda deportatsiya qilingan. 2019 yilda Ukrainada hokimiyat tepasiga Vladimir Zelenskiy kelgandan keyin Saakaşviliga Ukraina fuqaroligi qaytarib berilgan va u Kiyevga qaytgan. Hozirda u Ukrainada islohotlar amalga oşiriş bilan şuğullanadi. Gruziyada esa uning “Yagona milliy harakat” partiyasi bor.