30 sentyabr kuni Oliy sud jinoyat işlari böyiça sudlov hay'ati işni kassatsiya tartibida körişni boşladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

Sud majlisida iştirok etgan prokuror öz nutqida Toşkent viloyat prokurorining protestini qöllab-quvvatlaşini bildirib, sobiq bojxonaçilarga nisbatan çiqarilgan oqlov ajrimini bekor qilişni hamda işni apellyatsiyada qayta körişga jönatişni söradi.

Sudlanuvçilarning himoyaçisi sud majlisida sözga çiqib, himoyasi ostidagi şaxslarning aybsiz ekanini, prokuror protestida keltirilgan vajlar sobiq bojxonaçilarni aybdor deb topiş uçun asos bölolmasligini qayd etdi.

Sudlanuvçilar ham sözga çiqib, özlarining aybsiz ekanini, Toşkent viloyat sudining apellyatsiya hay'ati tomonidan 2021 yil 24 iyul kuni çiqarilgan oqlov ajrimini öz kuçida qoldirişni hamda protestni qanoatlantirişdan rad etişni söradi.

Sud hay'ati tanaffus e'lon qilib, iş böyiça keyingi sud majlisi 2021 yil 7 oktyabr kuni ötkazilişini ma'lum qildi.

Kun.uz sud jarayonlarini yoritişda davom etadi.