Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek elchisi “Tolibon” tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi
Foto: Twitter / IeaOffice
O‘zbekistonning Afg‘onistondagi elchisi Yodgorxo‘ja Shodmonov boshchiligidagi delegatsiya bugun, 2 oktabr kuni Kobulda “Tolibon” tashqi ishlar vaziri v.b. Amirxon Muttaqiy bilan uchrashdi.
“Tolibon” siyosiy ofisi rasmiysi Twitter'da bergan ma'lumotga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlar, xususan, Mozori Sharif va Qobul aeroportlarini rekonstruksiya qilish masalalari muhokama qilingan.
Shuningdek, ikki davlat o‘rtasida aviaqatnovlarni tiklash masalasida ham ijobiy suhbat bo‘lgani qayd etilgan.
Amirxon Muttaqiy O‘zbekistonga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash umidini bergani uchun minnatdorchilik bildirgan.
Kun.uz diplomatik muzokaralar va unda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan batafsil ma'lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan bog‘landi, biroq vazirlikdan izoh olishning imkoni bo‘lmadi.
Mavzuga oid
13:52 / 26.01.2026
2025 yilda O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p Afg‘oniston fuqarolari kelgan
18:30 / 25.01.2026
Afg‘onistondan keltirilgan oltinlar Surxondaryoda qayta ishlanmoqda
09:58 / 24.01.2026
Starmer: Trampning Afg‘onistondagi NATO missiyasi haqidagi so‘zlari haqoratli
14:42 / 23.01.2026