Olimning qayd etişiça, butun dunyo turkiylarining umumiy ajdodi sifatida e’tirof etiladigan Alp Er Tönganing qabri Buxoro hududidan topilgan. Professor töliq ma’lumot yaqin kunlarda oçiqlanişini ta’kidlagan.

“Bu bizning butun turk dunyosiga murojaatimizdir... Barça turkiylarning umumiy otasi hisoblangan Alp Er Tönganing qabri men tomonimdan Buxorodan topildi. Turk dunyosini qutlayman”, deb yozgan Nejati Demir.

Hürriyet naşri muxbiri bilan suhbatda professor Demir: “Qadimgi arab va fors manbalarida Alp Er Tönganing qabri Buxoroda ekani qayd etilgan edi. Şuningdek, meni özbekistonlik tarixçi va tadqiqotçilar ham qöllab-quvvatlaşdi. Yaqin kunlarda barça tafsilotlarni sözlab beraman”, deb aytgan. Biroq u qabr Buxoroning aynan qayeridan topilganiga aniqlik kiritmagan.

Bu xabar turk dunyosi tomonidan katta xursandçilik bilan qarşi olingan. Çunki Alp Er Tönga turkiy xalqlarning bobokaloni, ilk davlatçilikka asos solgan bahodir jangçi va yölboşçi hisoblanadi. Ayrim olimlar Alp Er Tönga şunçaki afsonaviy qahramon bölgan, hayotda yaşab ötmagan degan fikrda bölib, buni tarixiy manbalarda u haqdagi ma’lumotlar bir-biriga zid ekani bilan asoslaşgan. Alp Er Tönga qabrining topilgani uning tarixda çindan ham yaşab ötganiga rad etib bölmas dalil hisoblanadi.

Tarixiy manbalarga köra, Alp Er Tönga VII asrda yaşab ötgan. U sak qabilalarini birlaştirib, eroniy şohlarga qarşi kuraş olib borgan hamda Turkiston, Eron va Ozarboyjonning ma’lum qismini öz içiga olgan Turon davlatiga asos solgan. Mahmud Qoşğariyning “Devonu luğotit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadğu bilig” asarida u adolatli hukmdor hamda qörqmas jangçi sifatida tilga olingan.

Tarixçi Qahramon Rajabovning yozişiça, Alp Er Tönga tarqoq qabilalarni birlaştirib, mustaqil Turon davlatiga asos solgan turkiylarning birinçi qooni (xoqoni) hisoblanadi. Turkiy manbalarda u Alp Er Tönga va Tönga Alp Er, forsiy manbalarda Afrosiyob nomi bilan tilga olingan. Samarqand şahrining şimolida joylaşgan va XIII asr boşida möğullar bosqinidan söng vayron etilgan Afrosiyob xarobalari Alp Er Tönga asos solgan davlat qoldiqlaridir.