Pandora — dunyoning boy va qudratli ayrim şaxslarining yaşirin boyliklari, soliqdan qoçganlari va pul yuvganini foş qilgan, 12 million fayldan iborat bölgan hujjatlar töplamidir.
117 davlatda 600 nafardan ortiq jurnalist 14 manbadan olingan fayllarni bir neça oy davomida örganişgan va yakuniy natijalarni e'lon qilişdi.
Ma'lumotlar Xalqaro tadqiqotçi jurnalistlar konsorsiumi (XTJK) tomonidan örganib çiqilgan, suriştiruvda 140 dan ortiq media taşkilotlar iştirok etgan.
BBC naşriga köra, Pandora hujjatlari 6,4 million hujjat, uç million surat, bir milliondan ortiq elektron maktub va qariyb yarim million jadvaldan tarkib topgan.
Uşbu hujjatlar ba'zi qudratli şaxslar, xususan, 90ta davlatdan 330dan ziyod siyosatçi qanday qilib öz boyliklarini yaşiriş uçun offşor kompaniyalardan foydalanganini foş qiladi.
E'lon qilingan ba'zi ma'lumotlar:
- Iordaniya qiroli noma'lum kompaniyalari orqali Buyuk Britaniya va AQŞdagi köçmas mulklarga 70 million funt sterling (100 mln dollar) pul sarflagan;
- Ozarboyjon prezidenti va uning oila a'zolariga tegişli Buyuk Britaniyadagi mulklar 400 million funtdan ortiqqa baholangan;
- Çexiya Boş vaziri Fransiyada 2 ta villani 12 million funtga sotib olganini deklaratsiya qilmagan;
- Keniya prezidenti Uhuru Kenyatta oilasi bir neçta offşor kompaniyalarga aloqadorligi keltirib ötilgan.
«Global Financial Integrity» tadqiqot markazi mutaxassisi Lakşmi Kumarning ta'kidlaşiça, ba'zi şaxslar mablağlarni bir joydan ikkinçi joyga ötkazişda offşor kompaniyalardan foydalangan.

Offşor özi nima?
Offşor – kompaniyalarni boşqa davlatlarda taşkil etiş orqali, mulk egaligini yaşiriş. Masalan, kimningdir Britaniyada mulki bor, biroq taşkiliy jihatdan unga boşqa davlatda egalik qiliş offşor hisoblanadi. Odatda bu usul bilan mulkning egasini aniqlaş murakkablaşadi, soliq tölaşdan qoçiladi.
Buyuk Britaniya va uning dengizorti hududlari, Şveytsariya va Singapurda offşor kompaniyalar köp uçraydi. Bunga uşbu davlatlarda kompaniya oçişning osonligi, qonunlar kompaniya egasi şaxsini oçiqlaşni qiyinlaştirib qöyganligi va korporativ soliqlar past yoki umuman mavjud emasligi kabi sabablar keltirib ötilgan.













