Sherobodda ellik mingdan ortiq aholining toza ichimlik suv bilan bog‘liq muammosi hal etilmoqda
Joriy yilda Sherobod tumanida aholini toza ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida bir qator ijobiy ishlar qilindi. Xususan, davlat dasturi asosida suv inshootlarini ta'mirlash, yangilarini o‘rnatish hamda aholi xonadonlariga toza ichimlik suv tortib borish rejalashtirildi.
Suv ta'minoti MChJ Sherobod tuman bo‘limi tomonidan investitsiya dasturi asosida tumanning Gulchinor mahallasiga 16,1 km suv quvuri tortilib, suv inshooti rekonstruksiya qilindi. Ma'lumot o‘rnida aytish mumkinki, Gulchinor mahallasida 3569 nafar aholi istiqomat qiladi.
Shuningdek, Navbur mahallasiga ham ichimlik suv quvuri tortilib, yangi 500 m3 suv to‘plash havzasi qurilmoqda. 50 km suv quvurlari tortib kelish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirda 37,3 km suv quvurlari tortildi. Mazkur loyiha natijasida 4636 nafar aholi toza ichimlik suv bilan ta'minlanadi.
Hakimobod mahallasiga ham 15 km, Chag‘atoy mahallasiga esa 12,6 km, Cho‘michli, Chuqurko‘l mahallalariga 38,2 km, Mehnatobod mahallasiga 29,8 km, Dehqonariq mahallasiga 41,4 km, suv quvuri tortib kelindi. Suv saqlash havzalari to‘liq ta'mirlandi.
Bundan tashqari, joriy yilda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturi doirasida “Suyunbek Surxon” mas'uliyati cheklangan jamiyati tumandagi Oyinli mahallasining Jarqo‘ton va Oyinli qishlog‘iga 41 km suv quvuri tortib bordi. Ulanish nuqtasi – Chorbog‘ mahallasi G‘oz qishlog‘idan 80 metrlik 2 dona artezian qudug‘i qazildi. 2 dona nasos stansiyasi orqali Bog‘iobod mahallasi Tallashqon massividan 500 m3 hajmdagi suv to‘plash havzasi qurilib, suv filtrlash dastgohi ham o‘rnatildi. Oyinli mahallasi hududidan 1 dona 1000 m3 hajmdagi suv to‘plash havzasi rekonstruksiya qilindi. Hozirgi kunda xonadonlarni ichimlik suvga ulash ishlari davom etmoqda. Natijada Oyinli mahallasining 5331 nafar aholisi toza ichimlik suv bilan ta'minlanadi.
Shuningdek, Qulluqsho, Kattabog‘, G‘urjak-1 mahallarini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida 50 km suv quvuri tortish, ikki dona suv to‘plash havzasini rekonstruksiya qilish, bir dona 500 m3 hajmdagi suv to‘plash havzasini qurish ishlari davom etmoqda. Qurilish-ta'mirlash ishlari yakunlangach, mazkur mahallalardagi 12248 kishi ichimlik suv bilan ta'minlanadi.
2021 yilda kanalizatsiya tizimini yaxshilash maqsadida 6,5 km magistral oqova suv tarmoqlari tortildi.
Tuman aholisining toza ichimlik suv ta'minotini yanada yaxshilash maqsadida 2021-2024 yillarda mo‘ljallangan loyiha doirasida To‘palang suv omboridan 361 km suv quvurlari tortish ishlari boshlab yuborildi.
Tan olish kerak, tumanda ichimlik suv yetib bormagan hududlar ham bor. Shu kabi hududlarda aholini ichimlik suv bilan ta'minlash maqsadida 5 dona 25 m3 hajmdagi “Chak-man” rusumli maxsus suv tashish texnikalari ajratilgan. Hozirgi kunda belgilangan grafik asosida tuman aholisiga toza ichimlik suv yetkazib berilmoqda.
Sherobod tuman hokimligi axborot xizmati Ⓣ
Mavzuga oid
16:18 / 28.01.2024
Surxondaryoda ikki kishiga bo‘rilar hujum qilgani haqidagi xabarlar rad etildi
11:37 / 24.01.2024
Iphone telefonini sotaman deb fuqaroning 17 mln so‘mini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
11:12 / 02.11.2023
Sherobod tumaniga yangi hokim tayinlandi
10:03 / 26.01.2023