Norvegiyada sport kuraşlari böyiça navbatdagi jahon çempionati bahslari boşlandi. Olimpiada öyinlarida kutilganidek muvaffaqiyatli qatnaşmagan özbekistonlik atletlar jahon çempionatida köproq medal olişi kutilgan, xususan, muxlislar Bekzod Abdurahmonov uşbu musobaqada navbatdagi porlaşini amalga oşirişini taxmin qilayotgandi.
Ammo Norvegiya poytaxti Oslo şahrida 2 oktyabr kuni boşlangan bahslarda özbekistonlik sportçilar körinmadi. Çunki Özbekiston delegatsiyasi jahon çempionatiga bormagan! Qiziği, bu haqda bevosita javobgar hisoblangan Turizm va sport vazirligi ham, MOQ ham munosabat bildirmadi. Tribuna.uz muxbiri aloqaga çiqqan MOQ va federatsiya xodimlari ham javob bera olişmadi.
Tribuna.uz'ning vaziyatdan xabardor bir qator manbalari sport kuraşçilarining jahon çempionatiga bora olmagani sababini ma'lum qildi. Unga köra, sportçilarda viza bilan boğliq muammo paydo bölgan. Ya'ni, viza uçun hujjatlar vaqtida topşirilmagan. Bunga esa moliyaviy muammo sabab bölgan. Bir söz bilan aytganda, sportçilarni jahon çempionatiga yuboriş uçun pul topilmay qolgan.
Sport vazirligi va MOQ bu voqeadan heç kimning xabari bölmay, sezmay qoladi deb öylagan çoği heç qanday munosabat ham bildirmagan. Sportçilar esa muhim reyting oçkolari va işlab olişi mumkin bölgan mukofot pullaridan quruq qolişga majbur bölişyapti.










