Muzaffarxon Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-bosqiç talabasi.
«Har kuni ertalab bir neça kilometrga velosipedda borib kelaman. Eng avvalo, tanamga kuç-quvvat kiradi, kayfiyatim ham kötariladi. Umuman olganda, velosipedda uçiş juda zör maşğulot. Ammo buni ayrimlar tuşunişmaydi», deydi tajriba iştirokçisi.
Madina esa Özbekiston Milliy universiteti 1-bosqiç talabasi. U tajribada iştirok etişga rozi bölar ekan, har kuni öqişga avtobusda borişi, uyga ham aynan mana şu transport vositasi orqali qaytişi haqida aytdi.
«Çunki yönalişi qulay. Çipta narxi arzon. Töğri, ayrim paytlar keçikib keladi. Kutaverib bekatda zerikib ham ketaman», deydi u.
Tajribaning şarti oddiy edi. Ikki iştirokçi bir vaqtning özida avtobus bekatidan biroz yiroqda yölga tuşişdi. Eng asosiysi, manzilga yetib oliş.
Velosiped haydovçisiga biroz qiyin bölişi tayin edi. Çunki şahar köçalarida velosiped uçun maxsus yölakçalar juda kam. Katta avtomobil yölida esa xavfsizlik çoralarini köriş va yölda ehtiyot bölib harakatlaniş lozim.
Qayd etiş joiz, xorijda, ayniqsa, Yevropada velosipedda işga, öqişga boriş oddiy holat. Ular uzoq masofaga aynan mana şu transport vositasida qatnaşni ma'qul körişadi. Çunki velosipedda harakatlaniş inson salomatligi uçun ham juda foydali. Özbekiston aholisining aksar qismi avtobusda yurişni afzal köradi. Ammo köp hollarda avtobus içi yölovçilar bilan töla böladi. Çunki erta tongdan hamma işga yoki öqişga şoşadi. Avtobusdagi barça örindiqlar band bölsa ham, odamlar manziliga tezroq yetib oliş uçun tiqilinçga qaramay avtobusga çiqaverişadi.
Tajribaga qaytadigan bölsak. Iştirokçilar 4 km masofani 15 daqiqa içida bosib ötişdi - velosiped haydovçisi avtobus bilan bir vaqtda közlangan manzilga yetib keldi.
Xulosa qilib aytadigan bölsak, agar şahrimizning barça hududlarida velosiped yölaklari bölsa, bu transport vositasida harakatlaniş yanada qulayroq, tezroq va xavfsizroq bölar edi. Şunda köproq odamlar iş yoki öqişga qatnaşda velosipedni tanlaşadi. Şahar ahli esa bundan faqat foyda köradi: ekologiyaga kamroq zarar berilib, jamoat transportida kamroq nizolar böladi, soğlom va baxtiyor odamlar soni köpayadi.











