Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti sobiq prorektori Nodir Idiyev firibgarlikda gumon qilinib, qidiruvga berilgan. Bu haqda içki işlar vazirligi rasmiy saytidagi «Diqqat qidiruv» bölimida ma'lumot paydo bölgan.

Foto: IIV

Sobiq prorektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Kun.uz holat böyiça qöşimça ma'lumot oliş uçun Buxoro viloyat IIB axborot xizmati vakili Şuhrat Jalolov bilan boğlandi. Uning ma'lum qilişiça, Nodir Idiyev «Asaka bank» AJ Buxoro viloyati filialida faoliyat yuritgan vaqtida Osiyo taraqqiyot banki mablağlari hisobidan moliyalaştirilgan 2 million AQŞ dollari miqdoridagi imtiyozli kredit mablağlarini soxta hujjatlar asosida firibgarlik yöli bilan qölga kiritganlikda gumon qilinmoqda.

Gazeta.uz'ning Toşkent davlat iqtisodiyot universitetiga tayanib yozişiça, Nodir Idiyev «Narxoz»dan 2021 yil iyul oyida mehnat ta'tiliga çiqib, qaytib bormagan va avgust oyida unga qidiruv e'lon qilingan. Qöşimça qilinişiça, Nodir Idiyev bilan boğliq jinoyat işiga universitetning aloqasi yöq.