Telekanal manbasi ma'lumotlariga köra, Ğani Kobul toliblar nazoratiga ötişidan bir oy oldin mamlakatdan çiqib ketiş böyiça maşğulotlar ötkaza boşlagan.

Şu bilan birga, avvalgi hukumat mamlakatdan katta miqdorda pul olib çiqişga bir haftadan köproq tayyorlangan. 

15 avgustda “Tolibon” Kobulga kirgaç, Aşraf Ğani iste'foga çiqqanini e'lon qilgan va öz oilasi bilan birga BAAga uçib ketgan. Guvohlarning ta'kidlaşiça, u özi bilan birga katta miqdorda pul olib ketgan. Keyinroq Ğanining özi bu xabarlarni rad etgan va mamlakatni “faqatgina bir köylak, salla va tuflida” tark etganini aytgan.

Afğoniston OAVning ta'kidlaşiça, bir neçta yuqori lavozimli mansabdor şaxslar Ğanining qarindoşlarini Kobul işğol qilinişidan bir neça kun oldinoq BAAga olib çiqişni rejalaştirgan.

Avvalroq Ğani bilan mamlakatni tark etgan şaxslardan biri Kobuldan qoçiş vaqtida prezident qarorgohida favqulodda vaziyat uçun şay turgan bir neçta vertolyotdan foydalanilgani, sobiq prezident bilan Afğonistonni umumiy hisobda 54 kişi, jumladan, 22 uçuvçi va texnik xodim hamda 22 tansoqçi tark etganini ma'lum qilgan.