Qayd etilişiça, 6551ta yöl-transport hodisasidan 1682tasi ölim bilan tugagan. Jarohat olganlar soni esa 5920 nafarni taşkil etadi.
Ma'lum qilinişiça, yöl-transport hodisalarining deyarli 40 foizi tezlikni me'yoridan oşiriş natijasidir.
«Ayrim ijtimoiy tarmoq faollaridan, bu mavzuda fikrlarini yozişda «adolatsizlik», «şarmandalik» kabi terminlarni işlatişdan oldin, yaxşilab öylab körişlarini söraymiz.
Yöl-transport hodisalarining deyarli 40 foizi tezlikni me'yoridan oşiriş natijasidir.
Yaqin kunlarda yöl-transport hodisasi oqibatida yuz bergan jurnalistning ölimi ham bizlar uçun dars bölişi lozim», deyiladi xabarda.
Avvalroq, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qömitasi eksperti Nosirjon Zokirov yöl-transport hodisalari köpayib borayotgani va buning sabablari haqida gapirgandi.
«Yöl-transport hodisalari haqida kelayotgan ma'lumotlar xuddi frontdan kelayotganga öxşaydi, Tuproqqal'a tumanida 4 ta ölim, Andijonda 3 ta ölim, Qarşida bölgan YTH, bir-ikkita ölim bölganlarini gapirmayapman», dedi u.
Qömita eksperti 2019 yilda Avtomobil yöllari qömitasi tomonidan taqdim qilinib, tasdiqlangan yöl belgilari böyiça davlat standartlari haqida ham gapirdi. Nosirjon Zokirovning sözlariga köra, Özbekistondagi yöl belgilariga oid standartlar Rossiyadan köçirib olingan.













