Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoni Tojikiston orqali Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi 4ta avtobus yo‘nalishi ochiladi
Sirdaryo viloyatida kelgusi besh yilda 2,6 ming kilometr avtomobil yo‘llari va ko‘chalar, 141 ta ko‘prikni qurish va ta'mirlash ishlari bajariladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.
“Jamoat transporti yetib bormagan 22 ta aholi punktiga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Viloyatni, Tojikiston orqali Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi 4 ta tranzit avtobus yo‘nalishlari joriy qilinadi.
Ta'lim sohasi salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan islohotlar izchil davom ettiriladi. Viloyatda kelgusi besh yilda 31 ta davlat va davlat-xususiy sheriklik, 209 ta oilaviy bog‘cha tashkil etiladi.
Ayniqsa, maktabgacha ta'lim tashkilotlari mavjud bo‘lmagan 8 ta mahallada 60 ta oilaviy bog‘cha ochiladi. Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlari uchun belgilangan ota-onalar to‘lovi miqdorini ikki barobar pasaytirish bo‘yicha berilgan imtiyoz 2025 yilgacha uzaytiriladi. Bu ishlar hisobiga maktabgacha ta'lim qamrovi 80 foizdan – 90 foizga yetkaziladi.
Umuman, kelgusi besh yilda o‘rta maktablarni ta'mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangi dastur qabul qilinadi. Dastur doirasida, maktab binolarini qurish, jihozlash va sanitar talablar ilg‘or xorijiy tajribalar asosida, qayta ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning kun davomida vaqtini mazmunli o‘tkazishni nazarda tutuvchi alohida o‘quv va to‘garaklar dasturi ishlab chiqiladi”, dedi prezidentlikka nomzod.
Mavzuga oid
19:28 / 20.06.2026
Sirdaryoda tanishining pulini qalbaki dollarga almashtirib qo‘ygan ayol ushlandi
22:59 / 05.05.2026
"Singlimni xo‘rlashgan": Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida reportaj
19:28 / 01.05.2026
Sirdaryoda qotillikda gumonlanayotgan ayol qamoqqa olindi
14:14 / 23.03.2026