Gruziyaning Batumi şahrida 1980-yillarda qurilgan 5 qavatli binoning bitta pod'yezdi qulab tuşişi oqibatida olti kişi halok böldi, yana uç kişi vayronalar ostidan qidirilmoqda.

Taxminga köra, fojiaga binoning birinçi qavatida quriliş işlari qoidaga zid tarzda olib borilgani sabab bölgan. Birinçi qavatda qahvaxona, dökonlar va gözallik saloni joylaşgandi. Yana bir taxminga köra, ta'mirlaş vaqtida binoning tayanç devori buzilişi natijasida pod'yezd qulab tuşgan.  

Gruziyada 11 oktyabr motam kuni deb e'lon qilindi.

Mamlakat boş vaziri Irakliy Garibaşvili davlat barça jabrlanganlarga yordam berişini ma'lum qildi.

«Barça aybdorlar qonunga muvofiq qat'iy jazolanadi», — deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.

Bino qulaşi işi böyiça uç kişi – birinçi qavatdagi xonadon egasi va ta'mirlaş işlarini olib borgan ikki işçi qölga olingan.