«Bliss» hamda «Meva» sharbatlar va nektarlar brendi sohibi «AGROMIR» MChJ shaklidagi qo‘shma korxonasi qator yillardan beri ijtimoiy tarmoqlarda mahsulot iste'molchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularni Samarqandga sayohatga taklif etib kelmoqda.

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida o‘tkazilgan navbatdagi tanlovning 20 ga yaqin g‘oliblari qadimiy va hamisha navqiron shahar Samarqandga kelishdi.

Yaxshi an'anaga aylangan Samarqandga taklifdan bosh maqsad — mahsulot ishlab chiqarilishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishi, sevimli tabiiy ichimliklarining tayyorlanish bosqichlari bilan yaqindan tanishtirish hamda ularning brendga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish, albatta.

Mehmonlar avval Jomboy tumanida joylashgan bog‘ va dalalarda «AGROMIR» MChJ QK uchun sarxil mevalar qanday yetishtirilayotgani bilan tanishishdi.

Ularning 1000 gektardan ziyod qismida olma, gilos,behi, shaftoli, o‘rik kabi mevalarning jahonda tan olingan, xorijdan keltirilgan hosildor turlari intensiv usulda, tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan yetishtirilmoqda.

Direktor o‘rinbosari Xurshed Olimovning hikoya qilib berishicha, mevalar may oyidan boshlab noyabr oxirlarigacha teriladi. Mevalar qo‘lda teriladi.

Mehmonlar va iste'molchilar Gulobod qo‘rg‘onidagi «AGROMIR» MChJ QKning qadoqlash liniyasida ham bo‘lishdi. Sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya qilingan holda, sexlarga kirish oldidan ularning ust-boshlariga himoyalovchi libos, tibbiyot niqobi berildi.

Ular o‘zlari sevib iste'mol qiladigan «Bliss», «MEVA» brendlari ostidagi sharbatlar qanday qadoqlanishini o‘z ko‘zlari bilan ko‘rishdi. Qayd etish joizki, kichkintoylar uchun ham kichik idishlarda «Bliss Smile» va «Bliss Trolls» sharbatlari qadoqlanadi.