Électricité du Liban davlat kompaniyasi muammoni yeçişga harakat qilib köradi, ammo kompaniya svet yana bir neça kun davomida yonmasligi mumkinligidan ogohlantirgan. Hukumat harbiylarning zaxirasidagi yonilğidan foydalanmoqçi, ammo ular buni qaçon olişlari noma'lum.
Livanliklar elektr ta'minotidagi bunday uzilişlarga könikib ketişgan, Bayrutning köplab tumanlarida har kuni bir neça soatlab tok bölmaydi, ba'zida bir kunda 22 soat davomida svet yonmagan vaqtlar bölgan. Köplab livanliklarning uyida dizel generatorlari örnatilgan, ammo dizel ham defitsit bölib qolgaç, bugungi kunda undan foydalanişni faqat badavlat kişilargina özlariga ravo körişlari mumkin.
Elektr ta'minotidagi uzilişlar odamlarning kundalik hayotiga ta'sir qilmay qolmaydi.
«Men faqat bir narsa haqida öylayman - oğir iş kunidan keyin qanday qilib yettinçi qavatdagi kvartiramga zinalar orqali kötarilib olişni», deydi Bayrutdagi xususiy şifoxonalardan birining xodimi bölgan 60 yoşli Syuzan Şarafiddin Middle East Eye gazetasiga bergan intervyusida.
Livan hukumati yonilği uçun subsidiya berişdan boş tortgan, elektr energiyasi uçun narxlar osmonga çiqib ketgan, odamlar butun maoşini dizel generatorlari tufayli yozilgan hisoblarga tölamasligi uçun tok kuçini sezilarli darajada kamaytirişga majbur bölişgan.
«Qöşnilarim ham şunday qilişadi, boşqaruvçi kompaniya esa xarajatlarni qisqartiriş uçun liftni öçirib qöygan», deydi ayol.
Gazetaning yana bir suhbatdoşi, oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan dökon egasi mahsulotlar assortimentini qisqartirişga majbur bölganini aytib ötgan.

«Men endi sut mahsulotlari sotmayapman, umuman elektr uzilsa aynib qoladigan mahsulotlarning barçasini olib taşladim. Tasavvur qiling, xaridorlarimdan birortasi - ularning bari qöşnilar yoki döstlarim - mening dökonimdan xarid qilingan buzilib qolgan mahsulotdan zaharlansa?» deydi sotuvçi.
Tarixdagi eng oğir inqiroz
Energetik inqiroz - Livandagi iqtisodiy muammolarning faqatgina bir qismidir. Aholi benzin, dori-darmon va hatto içimlik suvi yetişmasligidan ham aziyat çekmoqda. Livan aholisining yarmidan köproq qismi qaşşoqlikda yaşaydi, mamlakat taşqi qarzi 90 mlrd dollarni taşkil etadi. Mamlakatda rasmiy kursga köra 1 dollar 1500 livan funti tursa-da, köçadagi kurs bir dollar uçun 20 000 ming funtga çiqib ketgan.










