Öz navbatida, Zemanning davolovçi şifokori prezident şifoxonaning jadal davolaş bölimiga yotqizilganini ma'lum qildi.
14 sentyabrda ham 77 yoşli Zeman şifoxonaga yotqizilgani ma'lum qilingandi. Öşanda u şifoxonada 8 kun davolangan.
“Prezident mening tavsiyamga köra şifoxonaga yotqizildi. Biz unga qöyilgan taşxisni bilamiz, biroq uni e'lon qilişga rozilik bermadim”, deb aytgan Zemanning şifokori.
Şu bilan birga şifokor Zeman davolaşdagi asoratlar sababli şifoxonaga keltirilganini qöşimça qilgan.
Zeman oyoqlar nevropatiyasidan hamda qand kasalidan aziyat çekadi. Şu yil aprelida u nogironlar aravaçasida harakatlanişga majbur bölayotganini ma'lum qilgandi. Öşanda u oyoqlari yaxşi ahvolda emasligini aytgan.
Zeman 2013 yildan beri Çexiya prezidenti lavozimini egallab keladi.
Çexiyada 8–9 oktyabr kunlari parlament saylovlari bölib ötdi. Ularda muxolif alyans amaldagi boş vazir Andrey Babiş partiyasi ustidan ğalaba qozondi. Saylovlardan keyin yangi hukumatni şakllantirişni kimga topşiriş böyiça qarorni aynan prezident qabul qiladi.













