Soğliqni saqlaş vazirligi Özbekistonga «Sinovak» vaksinasi ham olib kelinişini ma'lum qildi. Bunga Özbekiston va Turkiya hukumatlari örtasida soğliqni saqlaş sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asos böldi.
«Turkiya Özbekistonga COVID-19ga qarşi 200 ming doza Xitoyda işlab çiqariluvçi «Sinovak» vaksinasi, şuningdek, 20 ming quti «Favipiravir» dori preparatlarini döstlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuboradi», deyiladi xabarda.
«Dunyo» axborot agentligi xabariga köra, bitimni Özbekiston Respublikasi nomidan Turkiyadagi elçi Alişer A'zamxöjayev, ikkinçi tomondan esa soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Xalil Eldemir imzoladi.
Özbekistonda hozirda 5ta turdagi:
- AstraZeneca,
- ZF-UZ-VAC2001,
- Sputnik V,
- Moderna,
- Pfizer/BioNTech vaksinalaridan foydalanilmoqda.
Şu paytgaça mamlakatda emlaş jarayonlarida 22 433 729 doza vaksina qöllangan bölib, 5,1 milliondan ortiq kişi virusga qarşi töliq emlandi.
Ma'lumot uçun, Sinovac JSST tomonidan favqulodda vaziyatlarda foydalaniş uçun tasdiqlangan yettinçi vaksina bölgan edi. Preparat infeksiyaning simptomatik keçişidan 51 foizga, COVID-19ning oğir şaklidan 100 foiz va kasalxonaga yotqizilişdan 100 foizga himoya qilişi aniqlangan.












