Oldinroq barça viloyatlarda hududiy çempionlar aniqlangan va ular 100 million sömdan mukofotni yutib olgandi. 13 ta hududiy çempionlar va eng yaxşi ikkinçi örinni qölga kiritgan 3 jamoa respublika final bosqiçida kuraşmoqda.

11 oktyabr kuni 16 jamoa pley-off körinişida qur'a taşlangaç, kuraşga kirişdi. Sirdaryolik bilimdonlar çorakfinalning ilk öyinida Samarqand jamoasini mağlub etdi va yarimfinalga çiqdi. Ammo köp ötmay Xuşnud Xudoyberdiyev Samarqand jamoasining apellyatsiyasi qanoatlantirilib, Sirdaryo jamoasiga xato berib yuborilgan oçko bekor qilinganini e'lon qildi.

Toşkent-2 va Xorazm jamoalari örtasidagi çorakfinaldan keyin (bu juftlikda xorazmliklar ustun keldi) Samarqand — Sirdaryo öyinida qöşimça savol öynaldi va unda sirdaryoliklar baribir ğolib bölişdi. Yana bir çorakfinal töqnaşuvida esa Navoiy Surxondaryoni mağlub etdi.

Törtinçi yarimfinalçi esa Toşkent – Jizzax uçraşuvida aniqlandi - turnir favoriti hisoblangan toşkentliklar buni amalda ham isbotlaşdi.

Yarimfinalda quyidagi juftliklar hosil böldi:

Toşkent — Xorazm
Sirdaryo — Navoiy

«Zakovat» breyn-ring respublika final bosqiçi ertaga, 12 oktyabr kuni Buxoroda ötkaziladi. Ğolib jamoaning har bir a'zosi bittadan Chevrolet Gentra avtomobili bilan taqdirlanadi.