Jurnalist Jahongir Olimovning Afğonistonda yuzaga kelgan vaziyat tufayli “Termiz – Mozori Şarif – Kobul – Peşovar” temir yöli loyihasi taqdiri haqidagi savoliga davlat rahbari şunday javob berdi:

“Bu juda jiddiy masala. Kuni keça taşqi işlar vazirimiz Afğonistonga borib uçraşuv ötkazib keldi, u tomon Termizga keladi, muzokaralarni davom ettiramiz. Afğonistonga qanday hukumat kelişidan qat'i nazar xalq manfaatini, iqtisodni öylasa, bu loyiha juda zarurligini anglab yetadi. 

“Tolibon” rahbariyati ham bu loyiha amalga oşişiga astoydil roziligini bildiryapti. Lekin ular bir muammoga duç kelişyapti – aksariyat davlatlar ularni tan olmay turib, bunday katta işlarni amalga oşira olmaydi, heç kim moliyalaştirmaydi. Afğonistonning zaxira mablağlari muzlatilgan, bu mablağlar qaytarilib, xalq zaruratiga işlatilsa yaxşi bölardi.

Bundan taşqari, hozir Afğonistonni kundalik muammolar qiynab turibdi, aholiga oçlik xavf solyapti. Bu davlatda barqarorlik saqlanişi uçun mana şu qişdan eson-omon ötib olişlari juda muhim. Maçitdagi portlaş ham yaxşi signal emas, bu ziddiyatlarni kuçaytiradi. 

Loyiha taqdiriga kelsak, biz uni albatta amalga oşiriş harakatidamiz. Çunki bu temiryöl köp davlatlar uçun juda muhim. Loyihaga kirişganimizdanoq köp davlatlar biz uçun tranzit tariflarini kamaytirgani bejiz emas”, – dedi Şavkat Mirziyoyev OAV vakillari bilan muloqot çoğida.