“Afğonistondagi vaziyatni hammamiz körib turibmiz. Qöşni tanlanmaydi-ku, qöşnimizda vaziyat yomon deb qayergadir köçib keta olmaymiz-ku. Bundan 2 yil avval men “Tolibon” rahbariyat bilan muzokaralar olib borganimda hamma hayron bölgandi. Lekin bugungi kunga kelib töğri yöl tanlaganimiz ma'lum böldi. Men tinçlik bölişi uçun, jafokaş afğon xalqiga ham yengillik bölişi uçun avvalgi rahbariyati bilan bir yilda olti martalab uçraşdim, gaplaşdim.
Albatta, hamma davlat rahbari birinçi navbatda öz davlati haqida öylaydi. Men ham birinçi navbatda öz xalqimni öylaşga majburman, menga kafolatlangan tinçlik kerak! Birorta öq otilmaydigan, barça masalalar muzokaralar bilan hal böladigan tizim kerak.
Şu bilan birga, mudofaa tizimimizni isloh qilişda davom etamiz. Yaqin tarixni eslaylik, tank qismlaridagi askarlar tank minişmasdi, askarlar kartoşka tozalaşardi. Bu sohada ham jiddiy islohotlar ötkazdik. Harbiylarimiz 42 davlat harbiylari örtasidagi musobaqada 2-örinni olganlari ham bejiz emas”, deya nomzodning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Menga kafolatlangan tinçlik kerak, birinçi navbatda xalqimni öylaşga majburman – Şavkat Mirziyoyev
16:02 / 13.10.202125 6182 min
Navoiydagi saylovçilar bilan uçraşuv çoğida Şavkat Mirziyoyev yana bir bor Afğonistondagi vaziyatga töxtalib ötdi.












