Prezident Şavkat Mirziyoyev Buxoroda ötgan “Zakovat” breyn-ring intellektual öyini finalini bevosita kuzatib bordi. Final bahsidan sözga çiqqan davlat rahbari barça iştirokçilarni qutlab, mamlakat kelajagi ilmga intilgan yoşlar qölida ekanini ta'kidladi.

“Doim sizning öyinlaringizda iştirok etişni istardim, bugun xursand böldim. Uşbu klubni taşkil etişda boş-qoş bölgan jonkuyar inson – Abdurasul Abdullayev, faol iştirokçilar – Bobur Yoqubov, Jobir Ahmedov, Xuşnudbek Xudoyberdiyev, Aziza Ibragimova, Rustam Jabborov, Saidkamol Abdurazzoqov, Zebo Şomirova, Furqat Qurbonov, Umid Valiyevga alohida rahmat aytmoqçiman.

“Zakovat” klubini avvalo moliyaviy rivojlantiriş kerak. Şu maqsadda har yili 50 milliard söm pul ajratiladi. Çekka tumanlarda ham “Zakovat” klublari taşkil etiladi, maktablarda ham “Zakovat” klubi taşkil etiladi.

Suriştirdim, “Zakovat” klubining öz binosi yöq ekan. Sizlarga Toşkentning sölim joyidan alohida bino qurib beramiz”, – deya prezidentning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şavkat Mirziyoyev “Zakovat” klubi asosçisi Abdurasul Abdullayev va finalda ğolib bölgan Xorazm jamoasi a'zolariga davlat mukofoti berilişini ma'lum qildi.

Foto: "Zakovat" klubi
Foto: "Zakovat" klubi

Şuningdek, 2022 yildan boşlab, talaba yoşlar örtasida Prezident sovrini uçun Intellektual olimpiada taşkil etiladi.

Prezidentning sözlariga köra, Toşkentda Intellektual öyinlar şaharçasi, viloyatlarda esa “Intellektual parklar” taşkil etiladi. Intellektual musobaqalar ğoliblari va ta'lim sohasida yuqori natijalarga erişgan yigit-qizlar uçun Böstonliq tumanidagi Yoşlar oromgohida Intellektual maktab taşkil etiladi.

Foto: "Zakovat" klubi
  • 2021 yilgi “Zakovat” breyn-ring intellektual öyinlari finalida Xorazm jamoasi Navoiy jamoasini ikki raundda 4:3, 5:2 hisoblarida mağlub etdi. Ğolib jamoaning har bir a'zosiga Gentra avtomobili sovğa qilindi.
  • Yangi formatdagi «Zakovat» breyn-ring öyinlari yil davomida butun respublika böylab ötkazildi. Barça viloyatdagi hududiy ğoliblar 100 million sömdan mukofotni qölga kiritdi. Respublika böyiça ğolib bölgan 13 jamoa va eng yaxşi ikkinçi örinni qölga kiritgan 3 jamoa grand final bahslarida iştirok etdi.