Politsiya xabariga köra, mahalliy vaqt bilan soat 18:13da Kungsberg şahri markazida qurollangan şaxs harakatlanayotgani töğrisida bir neça xabar kelib tuşgan. Keyinroq ma'lum bölişiça, u yoy va öqlar bilan qurollangandi.

Matbuot anjumani vaqtida şahar politsiya bölimi boşliği Oyvind Aas hozirça barça savollarga javob bera olmasligi, çunki tekşiruv endi boşlangani va bu keng kölamli tekşiruv bölişini ma'lum qilgan.

U odamlarga öq uzgan şaxs qölga olingani va politsiya ma'lumotiga köra jinoyatçi yolğiz harakatlanganini qöşimça qilgan.

Ma'lum bölişiça, gumonlanuvçi Coop Extra supermarketida odamlarga hujum uyuştirgan. Keyinroq u boşqa joyga ketgan.

Hujum motivlari hozirça ma'lum emas. Politsiya hozirça uning harakatlarini terakt sifatida kvalifikatsiyalaşga ikkilanmoqda, ammo bunday ehtimol ham istisno etilmayapti.

Aas Kungsbergga Oslodan qöşimça kuçlar, jumladan politsiya bölinmalari, portlovçi qurilmalar böyiça mutaxassislar va tezkor harakatlaniş xizmati guruhi yöllanganini qöşimça qilgan.

Kungsberg meri Anne Sand Norvegiyadagi VG naşriga bergan intervyusida bu hodisa şahar uçun haqiqiy fojia ekanini aytib ötgan: «Biz qölimizdan kelgan barça işni qilamiz», degan u va şahardagi mehmonxonalardan biri jabrlanuvçilar uçun yordam körsatiş markaziga aylantirilganini ma'lum qilgan.

Hujumdan keyin Norvegiya politsiya boşqarmasi mamlakatdagi barça xodimlarga öqotar qurolni yonida olib yuriş böyiça körsatma bergan. Qoidaga köra Norvegiyada politsiyaçilar alohida sababsiz öqotar qurol kötarib yurmaydi.