Joriy yilning 1 oktyabr holatiga köra, Özbekistonda pensiya va nafaqa oluvçilar soni 3 mln 983 ming nafarni (şundan, 2 mln 260,2 ming nafari (56,8 foizi) ayollar) yoki umumiy aholi sonidagi uluşi 11,5 foizni taşkil qilmoqda. 2021 yil 1 yanvar holatiga nisbatan ötgan 9 oy davomida pensiya va nafaqa oluvçilar soni 157,8 ming nafar (4,1 foiz)ga köpaygan. Bu haqda Pensiya jamğarmasi axborot xizmati ma'lumot bermoqda.

Şundan, 2 mln 955,2 ming nafari (74,2 foiz)ni yoşga doir pensiya oluvçilar, 396,5 ming nafari (10 foiz)ni nogironlik pensiyasi oluvçilar, 196,4 mingini boquvçisini yöqotganlik pensiyasini oluvçi oilalar va 434,9 ming nafari (10,9 foiz)ni nafaqa oluvçilar taşkil qiladi.

Joriy yilning ötgan 9 oyi davomida 2020 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 54,7 ming nafar yoki 22,9 foiz fuqaroga köproq pensiya va nafaqa tayinlangan.

Ma'lumot uçun, joriy yilning 1 sentabr kunidan boşlab, pensiyani hisoblaşning bazaviy miqdori – 289 000 söm, yoşga doir eng kam pensiyalar – 565 000 söm, bolalikdan nogironligi bölgan şaxslarga beriladigan nafaqa – 622 000 söm, zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa 440 000 söm etib belgilangandi.