Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida sodir bölgan yöl-transport hodisasi haqida ma'lumot tarqaldi. IIV YHXBB holat böyiça rasmiy xabar berdi.

Joriy yilning 11 oktabr kuni soat 20:55larda, Toşkent viloyati, Örta Çirçiq tumani hududidan ötgan 4R-20 "Toşkent-Töytepa" avtomobil yölining 27-kilometrida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, Toşkent şahridan Nurafşon şahri tomon harakatlanib ketayotgan haydovçi, 1990 yilda tuğilgan Z.I. boşqaruvidagi "Tracker" rusumli hamda bir yönalişda, oldinda bölgan haydovçi, 1964 yilda tuğilgan N.S. boşqaruvidagi 2ta tirkamali "MTZ-80" rusumli traktor iştirokida YTH yuz berdi.

Töqnaşuv natijasida "Tracker" rusumli avtomobil haydovçisiga birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan. YTH yuzasidan Örta Çirçiq tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv olib borilmoqda.