Angliya: Mendi «Çelsi»ning yetakçiligini saqlab qoldi, «Liverpul»da rekordlar
«Uotford» — «Liverpul» — 0:5 (Mane, 9. Roberto Firmino, 37, 52, 90+1. Saloh, 55).

Foto: JUSTIN SETTERFIELD/GETTY IMAGES

APLga Klaudio Raneri qaytgani munosabati bilan şanba kungi öyin arafasida jurnalistlar «Lester» futbolçilariga «Stok Siti»dan gol ötkazmaslik evaziga pitssaxörlik va'da qilganini eslatişdi. Italiyalik mutaxassis bunga javoban kuldi va «Liverpul»ga qarşi öyinda darvoza daxlsizligini saqlab qolganlik uçun pitssa va'da qiliş — juda kamtarlik bölişi, bu safar u «Uotford» futbolçilariga keçki ovqat uçun tölaşga tayyorligini aytib ötdi.

Lekin öyinning ilk daqiqasidayoq Saloh kiçik ofsayddan bölsa-da, darvoza ustunini titratganida barçasi tuşunarli edi: Raneri xarajat qilişiga töğri kelmaydi. Öyin taqdiri vaqt masalasi edi, Saloh Maneni kesik pas bilan ta'minlab, senegallik futbolçi APLdagi 100-golini uriş imkoniyatidan foydalanganida şu vaqt keldi. Forvard bu natijaga erişgan uçinçi futbolçi - bungaça Dide Drogba va unga golli uzatma amalga oşirgan misrlik jamoadoşi 100lik dovonni zabt etgan afrikalik futbolçilar bölgandi. Lekin Manening unikalligi şundaki, u birorta golini penaltidan urmagan, bunday körsatkiç bilan faqat Les Ferdinand va Emil Heski maqtana olişi mumkin.

Umuman olganda, öyin faqat bir darvoza atrofida keçdi va ikkinçi bölimda «Liverpul» haqiqiy şou uyuştirib, rekordlar paradi ötkazdi. Birinçidan, «qizillar» barça turnirlar doirasida qatorasiga yetti safar öyinida kamida uçta gol urgan ilk ingliz klubiga aylandi. Ikkinçidan, Salohning himoyaçilardan birini gazonga ötirğizib urgan çiroyli goli nafaqat forvardning golli seriyasini sakkiz öyinga yetkazdi, balki ligada eng köp gol urgan afrikaliklar röyxatida Drogba bilan tenglaşib oldi (104tadan gol). Nihoyat, Roberto Firminoning het-trigi boşlangan hujumda uni töp bilan ta'minlagan Milner 18 mavsum davomida kamida bitta assist amalga oşirgan ilk futbolçiga aylandi.