Joze Mourinyu hayron qoldirişdan töxtamaydi. Uning boşqaruvidagi «Roma» — Italiya çempionatining eng quvnoq jamoalaridan biri, vaqti-vaqti bilan öz muxlislarini infarkt holatiga tuşiradi, holbuki sönggi yillarda portugaliyalik mutaxassis deganda zerikarli va haddan taşqari pragmatik uslub tuşunilardi. «Speyşlvan» axboriy maydonda ham tez-tez köriniş beradi, Turinga safar oldidan Konor Makgregor bilan uçraşdi.
Pragmatizm esa hozirda Massimiliano Allegri qaytgan «Yuventus»da kuzatilmoqda, u öyin arafasida hamkasbini maqtovlarga kömdi va hozirgi «Roma»da xarakter va ehtiros paydo bölganini e'tirof etdi. Bir tomondan, aynan şu jihatlar «börilar»ga Turinda muvaffaqiyat olib kelişi mumkin edi. Birinçi bölim söngida mehmonlarning kuçli pressingi natijasida hujumni qarşi olgan Kellini töpni yöqotdi, uşbu hujum davomida Mxitaryanga fol işlatilgani uçun penalti belgilandi. Ammo uşbu fol uçun hakam huştagi çalinişidan oldin töpga ega çiqqan Abraham uni darvozaga kiritişga ulgurgandi va Daniele Orsato davom etayotgan hujumni töxtatmasligi kerak edi.
Ammo şu vaqtgaça qatorasiga 13 marta «nuqta»da adaşmagan Veretu Şçensnini duelda yenga olmadi. Yakunda polşalik darvozabonning bu seyvi va Moyze Kinning boş bilan bergan aniq zarbasi «Keksa sinora»ga qatorasiga oltinçi öyinda ğalabani nişonlaş uçun yetarli böldi. Özbekistonlik hujumçi Eldor Şomurodov öyin oxirida Varetuni almaştirdi, ammo mezbonlar himoyasi ustunlikni saqlab qoldi. «Yuventus» sönggi uç öyinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi: bir söz bilan aytganda turinliklar Allegri sxemasida qanday öynalişini yana eslab olişdi.
«Napoli» — «Torino» — 1:0 (Osimhen, 86)
Mavsumni sakkiz ğalaba bilan boşlagan va klub rekordini takrorlagan neapolitanliklar çempionlarga xos öyin namoyiş etişmoqda. Luçano Spalletti jamoasi öyin sifati nuqtayi nazaridan bölmasa-da, vaziyatdan kelib çiqib natija uçun öynaş borasida hammaga dars bermoqda. Öyinning birinçi qismida Insine penaltini aniq ijro etolmadi. Bu mavsumda u kuçli beşlik çempionatlaridagi eng omadsiz futbolçi bölib turibdi, u beş bor 11 metrdan zarba ijro etib, faqat ikki gol urgan. Ammo jamoani bu safar ham Osimhen qutqardi. Nigeriyalik futbolçi sönggi yetti öyinda 8 gol urişga erişdi, top-5 ligalarda hamon oçko yöqotmay borayotgan yagona jamoa bölib qolayotgan neapolliklar Italiyada turnir jadvalini boşqarişmoqda, lekin jamoani keyingi turda «Roma»ga qarşi qiyin safar öyini kutmoqda.
Terma jamoalar öyinlari uçun tanaffus kök-anorranglilar jamoasida sönggi öyinlarda «Benfika» va «Atletiko»dan uçralgan qaqşatqiç mağlubiyatlardan keyin öziga kelib oliş uçun imkon berdi. Ma'lum darajada «Barselona» prezidenti Joan Laportaning Ronald Kumanni qöllab-quvvatlaş haqidagi qarori ham öyinga ta'sir körsatdi. Uşbu mutaxassisning tanqidçilari bundan xursand bölişmadi va «Valensiya» sardori Gayya öyinning boşidayoq uzoq masofadan yöllagan zarbasi bilan hisobni oçganida, skeptiklarda navbatdagi noroziliklar uçun asos paydo böldi.
Lekin şu bilan birga tan oliş kerakki, kataloniyaliklarning hozirgi murabbiylar ştabi yoşlar bilan a'lo darajada işlamoqda. Yakşanba kuni muxlislar yana bir bor 17 yoşli Gavining ajoyib öyiniga guvoh bölişdi, şuningdek, qariyb bir yillik tiklanişdan keyin maydonga qaytgan Ansu Fati yanada kuçliroq öynay boşladi. Unda yangi şartnoma masalasida muammolar yuzaga kelgani haqida xabarlar çiqdi, ammo bu uning öyiniga ta'sir körsatmagan.
Ötkazib yuborilgan goldan köp ötmay 18 yoşli uşbu forvard jamoaning yangi yetakçisi Depay bilan kombinatsiyani golga aylantirib, hisobni tenglaştirdi, bölim oxirida niderlandiyalik havbek uçun penalti işlab berdi. Ikkinçi bölim davomida «Valensiya» qaytişga urindi, ammo mezbonlar himoyada işonçli harakat qilişdi, öyin oxirida muxlislar ançadan buyon kutgan yana ikki voqea röy berdi — Filippe Koutinyu gol urdi va yozdan buyon davolanişda bölgan Aguero «Barsa»da debyut qildi. Endi Pedri tezroq soğayib safga qaytişini kutiş qoldi.
«Bavariya», şubhasiz, bundesliganing boşqa jamoalari uçun kosmos, ammo aynan şuning uçun ham bu jamoani kim yenga olişi böyiça intriga kuçli. Leverkuzendagi öyin şunisi bilan ham ahamiyatli ediki, öyin natijasiga köra sakkizinçi turdan keyin çempionatda kim peşqadamlik qilişi ma'lum bölardi. Odatda aynan şunday öyinlarda myunxenliklar mukammal va beşafqat maşinaga aylanadi, Levandovskining tezkor goli çempionlar Yulian Nagelsmann boşçiligidagi ilk mağlubiyatdan (ötgan turda «Ayntraxt» Myunxendan 2:1 hisobidagi ğalaba bilan qaytgandi) qançalar alamzada ekanini körsatib berdi.
Ammo baribir yakşanba kunida bölgani kabi bu qadar ustunlik - normal holat emas. Kutilgan jang raqibni xörlaşga aylanib ketdi, 30-daqiqadan 37-daqiqagaça bölgan vaqt xuddi futbol simulyatorlaridagi kabi keçdi, mehmonlar 8 daqiqa içida 4ta gol urişdi: birinçi golini nozik harakat bilan urgan Levandovski ikkinçi golida şerigidagi töp "öğirlab" uni darvozaga kiritib yubordi, keyin Zyulening zarbasini Myuller tovoni bilan darvozaga töğrilab yubordi, Gnabri uning uzatmasiga oyoq qöyiş bilan (şvedka - oyoqning taşqi qismi bilan zarba beriş) hisobni yanada yiriklaştirdi va bir daqiqa ötib uning özi beşinçi golni urdi... Gollardan uçtasida himoyaçilar assistentlik qilişdi va «Bavariya»ning tvitterida şunday nokamtar yozuv paydo böldi: «Beşta. Bizni töxtatişga harakat qilib köring!».
Myunxenliklar ikkinçi bölimda Çempionlar ligasi haqida öylab, kuç tejaşga ötişdi. Şu tufayli Şik leverkuzenlik muxlislarga taskin beruvçi golni urdi - uni yana bir bor (beşinçi marta) vunderkind Virs golli uzatma berdi, uning mavsumdagi assistlari soni 6taga yetdi. «Bayyer» tarkibi «Bavariya»ga raqobat qiliş uçun hali yoşlik qiladi, jamoa sentyabrda liganing yana bir grandi «Borussiya» Dortmundga qarşi öyinda ğalabani saqlab qola olmagandi (3:4).
Angliya: Nyukaslda yangi era «Nyukasl» — «Tottenhem» — 2:3 (Uilson, 2. Dayyer, 89, avtogol — Ndombele, 17. Keyn, 22. Son Xin Min, 54)
Ikkinçi davrada bu jamoalarning özaro öyini afişasi boşqaçaroq jaranglaydi, axir «qarğalar» tez orada yangi hayot boşlaşga va superklubga aylanişga tayyorlanmoqda. Ammo hozirça ular xavfli hududda joylaşgan, Stiv Bryusning boş murabbiylikda yana qança qolişi noma'lum. Angliyadagilar u hozirça lavozimini saqlab qolişi, çunki «Nyukasl»ning yangi menejmenti yangi boş murabbiy tanlaşda şoşilib xato qilişni istamasligi haqida yozişmoqda. Qolaversa, mavsum qizigan pallada işsiz yurgan kuçli mutaxassis topiş qiyin, bandlari esa miş-mişlarni inkor qilib, hozirgi iş joyidan ketişni istamasligini aytdi, masalan Brendan Rodjyers va Joze Mourino.
Şunday ekan, yakşanba kuni Bryus boş murabbiylik kursisida 1000-öyinini ötkazdi, uning şogirdlari esa maydonga yuqori kayfiyatda tuşib kelişdi — Uilson yangi rahbariyat davridagi ilk öyinda 107-soniyadayoq hisobni oçdi. Klub Saudiya Arabistoni fondi tomonidan sotib olinişi munosabati bilan arabça elementlar aks etgan liboslardagi köplab muxlislar bu golni katta xursandçilik bilan nişonlaşdi.
Ammo baribir möjiza sodir bölmadi, birinçi bölim örtalarida «Tottenhem» hisobda oldinga çiqib oldi, Keyn esa nihoyat joriy mavsumda çempionatdagi gollari hisobini oçdi.
Arbitr avvaliga uning golini bekor qildi, faqat videotakrordan keyin Harri ofsaydda qolmagani tasdiqlandi. Bu Keynning APLDa safar öyinlarida urgan 88-goli böldi, u bu borada Alan Şirerni ortda qoldirib, begona maydonlarda eng köp gol urgan Ueyn Runini (94) ta'qib etişga kirişdi.
Öyin favqulodda holatsiz ötmadi. Birinçi bölim oxirlarida tribunadagi tomoşabinlardan birining ahvoli yomonlaşdi. Muxlislarning işorasini vaqtida körib qolgan Regilon bu haqda öyin boş hakamiga xabar berdi, öyin ma'lum vaqtga töxtatildi, «şporlar»ning boşqa bir himoyaçisi Dayyer esa tibbiy ştab xodimlari tezlik bilan tribunaga defibrillyator olib borişi uçun barça işni qildi. Tez orada muxlis öziga keltirildi va şifoxonaga olib ketildi, öyin davom ettirildi.
Muammo hal etilgaç, birinçi bölim oxiriga yetkazib qöyildi, qöşib berilgan 8 daqiqa içida Keyn — Son Xin Min juftligi yana bir gol urdi. Ikkinçi bölimda mezbonlar öyinni qutqarişga urindi, ammo Şelvi maydonga tuşişidan 15 daqiqa ötib qizil kartoçka olişi bu vazifani murakkablaştirdi. Öyin oxirida Dayyerning avtogoli heç narsani özgartirmadi. Natijaga qarab aytiş mumkinki, Bryus — yangi xöjayinlar kelgani uçungina emas, klubning natijalar uçun ham iste'foga çiqarilişi mumkin. Bu murabbiy bilan «Nyukasl» öz maydonida hisobda oldinda borilgan öyinlarda yakunda ustunlikni boy berib, jami 28 oçko yöqotgan.
Xorxe Sampaoli jamoasida xarakter paydo böldi. Marselliklar joyi kelganda jinniliklar qilişi mumkin, ammo ular taslim bölişni istaşmaydi. Argentinalik mutaxassis bahorda boş murabbiylikka tayinlanganidan buyon jamoa hisobda ortda borayotgan öyinlarida iroda körsatişi evaziga 15 oçko qölga kiritilgan. Bu uçraşuvda uç holatni qayd etiş mumkin. Birinçidan, ikki golga mualliflik qilgan Genduziy juda ajoyib öyin namoyiş etdi. Ikkinçidan, uzoq vaqt davolanişda bölgan Milik mavsumdagi ilk golini urdi, u yöqligida «Marsel» markaziy hujumçisiz öynaşiga töğri keldi. Nihoyat, liga 1ning joriy mavsumida assistentlik böyiça het-trik Payyet tomonidan amalga oşirildi. Natijada — bu turda «Nitssa» mağlubiyati tufayli marselliklar turnir jadvalida uçinçi öringa kötarildi.
Niderlandiya: fojiaga bir qadam NeK — «Vitess» — 0:1 (Frederiksen, 16)
Foto: LAURENS LINDHOUT/GETTY IMAGES
«Vitess» NeK bilan safardagi derbida sakkiz yil içida ilk marta ğalabaga erişdi - 16-daqiqada Nikolay Frederiksen Ussama Darfaluning uzatmasini golga aylantirdi. Lekin bu ğalabani nişonlaş fojiali tugaşi mumkin edi. Arnemlik futbolçilar mehmon muxlislar joylaşgan sektorga yaqinlaşganida, fanatlar sinxron ravişda sakray boşlaşdi va ularning ostidagi tribuna qulab ketdi. Ularning baxtiga, Neymegendan berilgan ma'lumotlarga köra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yöq.
Fotohisobotlarga köra, ularni baxsiz hodisadan tribuna ostida konteyner joylaşgani qutqarib qolgan - odamlar yuqori balandlikdan pastga qulaşdan qutulib qolişgan.
Kun statistikasi
2005 yildan buyon ilk marta Devid Moyyes jamoasi Rafael Benites jamoasini yengişga muvaffaq böldi. «Everton» uçun bu mavsumda uy öyinlaridagi ilk mağlubiyatga aylandi.
Xulen Lopetegi «Sevilya» boş murabbiyligiga tayinlanganidan buyon jamoa la liganing safar öyinlarida 9-marta 1:0 hisobida ğalaba qozondi.
«Vest Hem» futbolçilari Moyyes boşqaruvida 29 marta «standartlar»dan (penaltisiz) gol urişdi. Bu ötgan yil yanvaridan buyon (şotlandiyalik mutaxassis öşanda jamoa boş murabbiyligiga kelgandi) APLdagi eng yaxşi natija.
Niderlandiyada «Vitess» va NeK örtasidagi uçraşuvda 35 marta qoidabuzarlik qayd etildi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi