“Afğoniston böyiça maxsus vakil Zalmay Xalilzod öz lavozimini tark etadi. Unga Amerika xalqiga önlab yillar xizmat qilgani uçun minnatdorlik bildiraman”, deb aytgan Blinken.
Öz navbatida, Xalilzod öz lavozimini tark etişi sababini tuşuntirdi.
“Ertaga Afğoniston böyiça maxsus vakil lavozimidan ketaman. Men hozir bunday yöl tutişning fursati deb qaror qildim, çunki hozir Afğoniston böyiça siyosatning yangi bosqiçiga kirmoqdamiz”, deb aytgan Xalilzod Blinken nomiga yuborgan maktubida.
U kelgusida ham Afğoniston böyiça işda iştirok etişga va'da bergan.
70 yoşli Xalilzod öz lavozimini may oyida tark etişi kerak bölgandi, biroq keyinroq uzoqroq muddatga qolişga rozi bölgan.
Uning lavozimini örinbosari Tomas Uest vaqtinça egallaydi.
Zalmay Xalilzod puştun millatiga mansub bölib, 2018 yil sentyabrdan öz lavozimini egallab kelgan. 2004-2005 yillarda u AQŞning Afğonistondagi elçisi lavozimini egallagan.
Tomas Uest maxsus vakil örinbosari lavozimini 2021 yil yanvardan beri egallaydi. U avvalroq AQŞ milliy xavfsizlik kengaşining Afğoniston va Pokiston masalalari böyiça direktori lavozimini egallagan.













