Ayni vaqtda Çexiya prezidenti betob bölib, Pragadagi markaziy harbiy gospitalda davolanmoqda. 

Vistrçilning aytişiça, Zeman yaqin haftalarda öz işiga qaytişi ehtimoli kiçik. “Körinişiça, konstitutsiyaning 66-moddasini qöllaşdan boşqa çoramiz yöqqa öxşaydi”, deb aytgan spiker.

Çexiya konstitutsiyaning 66-moddasida parlamentning deputatlar palatasi va senatda köpçilik ovoz bilan prezidentni öz lavozimidan çetlatiş mumkinligi közda tutilgan. Mladá fronta Dnes naşrining ma'lum qilişiça, senat rahbariyati vakillari prezident vakolatlarini topşiriş jarayonini muhokama qiliş uçun 19 oktyabrda parlamentdagi partiyalar raislari bilan uçraşadi.

77 yoşli Zeman 10 oktyabrda Pragadagi gospitalga yotqizilgandi. U sentyabrda ham uşbu gospitalda 8 kun davolangan. Zeman oyoqlar nevropatiyasi, eşitişdagi muammolar, qon bosimi va qand kasalidan aziyat çekadi. 

Şu yil aprelida Zeman nogironlar aravaçasida harakatlanişga majbur bölayotganini ma'lum qilgandi. Öşanda u oyoqlari yaxşi ahvolda emasligini aytgan.

Oxirgi kunlarda Çexiya prezidentining jigarida muammolar borligi haqida axborot paydo bölgan. Şifokorlarning fikriça, Zemanga 3 haftaga yaqin şifoxonada davolaniş talab etilişi mumkin.

U oxirgi marta 1 sentyabrda Brnodagi maktablardan biriga taşrif vaqtida ommaviy köriniş bergan.

Zeman 2013 yildan beri Çexiya prezidenti lavozimini egallab keladi. U 2018 yilda uşbu lavozimga qayta saylangan edi.