Turkiya taşqi işlar vazirligi huquq himoyaçisi Usmon Kavalani ozod qiliş töğrisidagi çaqiriqlar sababli 10 mamlakatdan elçilarini çaqirtirib oldi, deb xabar berdi "Deyli Hurriyat" naşri.

Manbalarning aytişiça, Germaniya, Daniya, Finlandiya, Fransiya, Niderlandiya, Şvetsiya, Kanada, Norvegiya, Yangi Zelandiya va AQŞdagi elçilar bu mamlakatlar diplomatik missiyalarining Twitter’ida Kavalani ozod qiliş töğrisidagi çaqiriqlar joylaştirilganidan söng çaqirtirib olingan.

"Bizning mamlakatimizda işlayotgan diplomatlarning Turkiya sud tizimiga ta'sir körsatişga çaqirilgan bayonotlarini qabul qilib bölmaydi", — deya "Adolat va taraqqiyot" partiyasi matbuot kotibi Umar Çelikning bayonotidan iqtibos keltiradi gazeta.

Adliya vaziri Abdulhamid Gul diplomatlar özlari işlayotgan mamlakat sud tizimini hurmat qilişlari şartligini ta'kidladi.

"Konstitutsiyamizga muvofiq, heç bir elçi bizning sudlarga maslahat yoki buyruq bera olmaydi", — dedi u.

Turkiyalik tadbirkor, huquq himoyaçisi va metsenat Usmon Kavala 2017 yilda hibsga olingan. U 2013 yilda Gezi parkidagi daraxtlarni kesişda ayblangan. U bu iş böyiça oqlangan, ammo keyinroq 2016 yildagi davlat töntarişiga urinişda iştirok etganlikda ayblangan.