Vazirlar Mahkamasining “Ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarga malakali öqituvçi-pedagoglarni jalb qiliş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
2021 yil 1 martdan boşlab, ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun boşqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar joriy qilinadi.
Bunda, bir ma'muriy-hududiy birliklar doirasida boşqa tuman va şaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz, boşqa ma'muriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan öqituvçi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz maxsus ustamalar tölanadi.
Ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars beriş uçun boşqa hududda kamida bir yil işlagan oliy va birinçi toifaga ega öqituvçi-pedagoglar jalb qilinadi. Ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxati Xalq ta'limi vazirligi hamda Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan aniqlanadi va XTVning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Maxsus ustamalar ular borgan maktab ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablar röyxatidan çiqarilgan yildan keyingi yil uçun ham tölanadi. Maxsus ustamalar umumta'lim fanlaridan biri böyiça xalqaro tan olingan sertifikatga yoki umumta'lim fanlarini biliş darajasi töğrisidagi sertifikatga ega bölgan taqdirda tölanadi.
Ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda ta'lim beriş uçun boşqa hududlardan öqituvçi-pedagoglarni jalb etiş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
U quyidagilarni nazarda tutadi: Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi tomonidan ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarning röyxatini şakllantiriş tartibi; ta'lim darajasi yuqori bölmagan maktablarda dars berişi uçun boşqa hududlardan öqituvçi-pedagoglarni jalb etiş sxemasi; pedagoglarga qöyiladigan talablar; boşqa hududlardan jalb qilingan öqituvçilarni işga qabul qiliş va mehnatiga qöşimça haq tölaş tartibi.













