Urgut tumanida joylaşgan korxonalardan biriga baland toğlarda yaşaydigan Turkiston silovsini kelib qolgan. Viloyat Ekologiya boşqarmasining xabar berişiça, hozirda uşbu noyob hayvon tibbiy tekşiruvdan ötkazilmoqda. Tez orada yana tabiatga qöyib yuboriladi.

Ma'lum qilinişiça, 2021 yil 19 oktabr kuni Urgut tumani Rahmatobod mahallasi hududida joylaşgan korxonada işlovçi fuqarolar uning hududiga Zarafşon daryosi orqali kelib qolgan noyob hayvonni körib qolişgan va unga ovqat berişgan.

Uşbu hayvon ketavermagaç, Urgut tuman örmon xöjaligi hamda Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça nazorat inspeksiyasiga telefon orqali murojaat qilişgan. Mas'ullar tezkor tartibda joyiga borib örganişganda, bu hayvon Turkiston silovsini ekani aniqlangan.

Qayd etilişiça, hozirda mazkur noyob hayvon maxsus tibbiy tekşiruvdan ötkazilmoqda, tez orada yana tabiat qöyniga qöyib yuboriladi.

Ma'lumot uçun, Turkiston silovsini Ğarbiy Tyan-Şan (Ugom, Piskom, Çotqol) va Pomir-Oloy (Turkiston, Hisor, Köhitang) toğ tizmalarining baland qismida yaşaydi. Özbekistondan taşqarida: Markaziy Osiyo mamlakatlari, Qozoğiston, Möğuliston, Ğarbiy Xitoy, Afğoniston, Pokiston, Şimoliy Hindistonda uçraydi.

Turkiston silovsini toğlarning örta va yuqori qismlari (alp ötloqlari zonasining bargli örmon va arçazorlar qoplagan quyi çegarasigaça), köpinça soçma-toşloq va qoyalarga yaqin joylarda yaşaydi.