Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya zarbxonasi eski smartfonlardan oltin olishni boshlaydi
Britaniya qirollik zarbxonasi smartfon va noutbuklarning ishlamaydigan qismlaridan oltin va qimmatbaho metallarni olishga qaror qildi.
Foto: tekdeeps
Zarbxona bu maqsadda Kanadaning Excir startapi bilan shartnoma tuzgan. Unga ko‘ra, startap zarbxonaga qurilmalarning platalarini xona haroratida eritish texnologiyasini foydalanishga beradi. Bu texnologiya bilan eritish zavodlari xizmatlariga ehtiyoj qolmaydi.
Ta'kidlanishicha, zarbxona texnologiyani sinovdan o‘tkazib, 999,9 probadagi sof oltin olishga muvaffaq bo‘ldi. Excir ixtirosi boshqa turdagi qimmatbaho metallar, jumladan, palladiy, kumush va misni sanoqli soniyalarda olish imkonini ham beradi.
Texnologiya elektronika chiqindilarini kamaytirishda yordam berishi kutilmoqda. Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda tashlab yuborilgan elektron va elektr qurilmalar hajmi 57 mln tonnadan ko‘proqni tashkil qiladi va bu ko‘rsatkich yil sayin ortib boraveradi.
Mavzuga oid
18:28 / 14.01.2026
NKMK 2025 yilda 98 tonna oltin ishlab chiqardi
21:49 / 12.01.2026
Apple 2025 yilda smartfonlar bozorida jahon yetakchisiga aylandi
13:10 / 08.01.2026
Noyabr oyida O‘zbekiston eng ko‘p oltin sotib olgan uch davlatdan biri bo‘ldi
17:42 / 05.01.2026