«Xavfsiz va soğlom yurt» tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari hamkorligida Navoiy şahrida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida Buxoro viloyati Şofirkon tumanida yaşovçi, 1987 va 1993-yillarda tuğilgan ikki nafar şaxs 212,9 gramm quyma oltinni xaridorga 340 mln sömga sotişga kelişgani aniqlangan.
Ular xaridorga 999 probali 26,3 gramm oltinni berib, qolgan qismini keyinroq yetkazib berişini bildirgan. Şundan söng 20 ming AQŞ dollari va 100 mln sömni olayotgan vaqtda aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Tezkor tadbirlar davomida gumonlanuvçilardan biri öz yaşaş xonadonida qum tarkibidan oltinni ajratib olişga möljallangan yaşirin sex taşkil qilgani ham ma’lum bölgan.
Hozirda uşbu şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 177-moddasi 4-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.












