10 kun avval Çexiyada parlament saylovlari ötkazildi. Unda Zemanning dösti bölmiş boş vazir Andrey Babişning partiyasi muxolifatga imkoniyatni boy bergandi. Ertasiga mağlub bölgan Babiş bilan körişgaç, Zemanning salomatligi yomonlaşib, jonlantiriş bölimiga tuşib qolgandi. Şifokorlarga unga qanday taxşis qöyilgani haqida ma'lumot beriş taqiqlangan. OAVda esa prezident jigar sirrozidan aziyat çekayotgani yozildi. Prezident vakillari bu ma'lumotni rad etib kelişmoqda.
Duşanba kuni Çexiya parlamenti yuqori palatasi spikeri Miloş Vistrçil prezident ortiq öz vazifasini bajara olmasligini ma'lum qildi. U Pragadagi harbiy gospital boş şifokoridan olgan ma'lumotlarini aytgan. Spikerning sözlariga köra, şifokor Zemanning holati murakkabligi va uning işga qaytiş ehtimoli past ekani haqida gapirgan.
Seşanba kuni Çexiya politsiyasi prezident administratsiyasi rahbarlariga nisbatan suriştiruv boşladi. Politsiya prezidentning salomatligi haqida ma'lumotlarning tarqatilişi, hatto uning kasallik tarixini ham suriştirmoqda. Ayblovlar orasida sabotaj varianti ham bor. Bu borada konkret ayblov ham ilgari surilgan – mamlakat konstitutsion tuzumi va mudofaasiga salbiy ta'sir körsatiş. Şuningdek, davlat organlari faoliyatiga tösqinlik qiliş va mansab vakolatini suiiste'mol qiliş ayblovlari ham ilgari surilgan.
Zeman 8 noyabrda har ikki palata deputatlari uçraşuvi haqida qarorga imzo çekkan. Politsiya öşa imzo ham prezidentning atrofidagi kimdir tomonidan soxtalaştirilgan bölişi mumkinligini tekşiryapti.
Impiçment varianti
Çexiya senatining konstitutsion komissiyasi salomatligi yomonlaşgani sabab Zemanni vakolatidan mahrum qiliş jarayonini boşlaşni taklif qilgan.
«Komissiya a'zolari prezident Miloş Zemanning salomatligi haqida Praga markaziy harbiy gospitali tomonidan yuborilgan hujjatlarni diqqat bilan örgandi. Unda prezidentning holatini aniqlaş murakkab darajada ekani va u öz vakolatlarini bajarişga qodir emasligi yozilgan. Şu sabab komissiya mamlakat konstitutsiyasi 66-moddasini faollaştirgan holda prezidentni vakolatini vaqtinça mahrum qilişni taklif qiladi», deydi Çexiya senati konstitutsion komissiyasi rahbari Zdenak Graba.
Çexiya parlamenti yuqori palatasi spikeri Vistriçal ham şu fikrni aytdi: «Afsuski, bizda boşqa variant yöq. 66-moddani qaçon va qay tartibda faollaştiriş haqida öylaşimiz kerak».
Prezident vakolatlari yuqori va quyi palata vakillari örtasida ovoz beriş jarayonida köproq ovoz berilgan taqdirda bekor qilinadi. Bunday holatda prezident vakolatlari quyi palata spikeri va uning tanlovi bilan tayinlanadigan boş vazirga ötadi.














