2021 yil 1 oktyabrdan tegişli davlat tibbiyot muassasalarida (14ta) imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga kvota asosida order beriş tartibi bekor qilinadi va moliyalaştirişning yangi mexanizmi asosida ularni hisobga oliş va navbat asosida davolanişga yöllaşning elektron axborot tizimi joriy etiladi.

2022 yil 1 yanvardan kardiologiya, travmatologiya va ortopediya hamda akuşerlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tomonidan körsatiladigan tibbiy xizmatlar imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga nodavlat tibbiyot taşkilotlari tomonidan körsatilişiga ruxsat beriladi. 

Amaldagi order beriş tartibiga asosan rasmiylaştirilgan orderlardan 2022 yilning 1 yanvarigaça foydalaniş mumkin.

2022 yil 1 yanvardan tegişli davlat tibbiyot muassasalarida (13ta) imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarni elektron axborot tizimi orqali hisobga oliş va navbat asosida davolanişga yöllaş tartibi joriy etiladi.

1 oktyabrdan imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarni davolaş uçun ixtisoslaştirilgan muassasalarni Davlat tibbiy suğurtasi jamğarmasi bilan tuzilgan şartnomalar asosida bazaviy narxlarda moliyalaştiriş mexanizmi joriy etiladi. 

1 avgustdan onkologiya, onkogematologiya va gematologiya muassasalarining palliativ yordam körsatiş bölimlari şifokorlari, örta va kiçik tibbiyot xodimlari lavozim maoşiga mehnatning soğliq uçun öta xavfli şaroitlari uçun 25 foiz miqdorida har oylik ustama haq tölanadi. 

2022 yil 1 yanvardan bosqiçma-bosqiç tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalarining 46ta tuğuruq bölimlari negizida tumanlararo perinatal markazlar taşkil etiladi. 

1 sentyabrgaça imtiyozli toifaga kiruvçi şaxslarga respublika miqyosida tibbiy xizmatlarni körsatiş, ularning murojaatlarini qabul qiliş, maslahat beriş va axborot taqdim etişga möljallangan yagona qisqa raqamli bepul “tezkor aloqa” yölga qöyiladi.