Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan uç öqişda qabul qilinib, ayni damda Senatga jönatilgan kodeks matnida yillik mehnat ta'tili böyiça bir qator yangiliklar mavjud.
Xususan, yangi kodeksda xodimlarga yillik asosiy mehnat ta'tilining eng kam muddati sifatida 21 kalendar kun körsatilgan. Amaldagi kodeksda esa bu muddat kamida 15 iş kunini taşkil etadi.
Şuningdek, yangi kodeksda davlat xizmatçilariga beriladigan yillik asosiy uzaytirilgan mehnat ta'tilining aniq muddati belgilab qöyilmoqda. Ya'ni davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari xizmatçilariga davomiyligi 27 kalendar kun bölgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta'til berilişi mumkin. Amaldagi tartibga köra, 15 iş kunidan iborat ta'til davlat xizmatçilariga ham tatbiq qilib kelingan va bu muddat jamoa şartnomasiga köra beriladigan qöşimça ta'til hisobiga uzaytirilişi mumkin bölgan. Kodeks uşbu körinişda qabul qilinsa, davlat xizmatçilari uçun kamida 27 kunlik mehnat ta'tili kafolatlanadi.
Loyihaga köra, davlat xizmatçilarining ayrim toifalari uçun qonunlarda belgilangan yillik mehnat ta'tilining 27 kundan ham uzoqroq muddatlari öz kuçida qoldiriladi va 27 kunlik muddat uşbu uzaytirilgan ta'tillarga tatbiq etilmaydi.













