AQŞ prezidenti Jo Bayden afğon fuqarolariga yordam körsatiş uçun Qoçqinlar va muhojirlarga favqulodda yordam jamğarmasidan 976,1 million dollargaça mablağ sarflaşga ruxsat berdi. Bu haqda AQŞ prezidentining Davlat kotibi Entoni Blinken nomiga yöllangan memorandumida ma'lum qilingan.

Uşbu mablağlar Afğonistondan kelgan qoçqinlar va muhojirlarning kutilmagan şoşilinç ehtiyojlarini qondirişga, şuningdek, Afğonistonda xavf ostida bölgan şaxslarni qöşimça ravişda boşqa joyga köçirişga yönaltirilişi közda tutilgan.

Bayden şunga öxşaş memorandumlarni iyul (100 million dollar) va avgust oylari oxirida (500 million dollar) ham imzolagan edi.

The Washington Post gazetasining yozişiça, 17 avgustdan buyon Amerika qöşinlariga turli yordam bergan 60 mingdan ortiq afğonistonlik evakuatsiya qilingan. Keyinçalik bu jarayon töxtatilgandi, ammo 7 oktabr kuni AQŞ hukumati Afğoniston fuqarolarini AQŞga evakuatsiya qiliş qayta tiklanganini ma'lum qilgan.