Afğoniston poytaxti Kobulda elektr stansiyasini portlatişda gumonlanib uç kişi qölga olindi. Bu haqda Bakhtar agentligi xabar berdi.

"Kobulning Murod Bek tumanidagi elektr stansiyasini portlatişda gumonlangan uç kişi qölga olindi. Ularga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda", - deya Afğoniston IIV matbuot kotibi Said Hustiyning sözlaridan iqtibos keltirmoqda agentlik.

21 oktyabr kuni Afğoniston poytaxti Kobul şahri va qator viloyatlar elektr stansiyasida sodir bölgan portlaş sababli elektrsiz qolgandi.

Afğoniston davlat energetika korporatsiyasining (DABS) bayonotiga köra, portlaş oqibatida elektr uzatiş liniyalari işdan çiqqan.